Bugun Özbekistonning aksariyat hududlarida keçasi 1-2 darajagaça bölgan sovuq kuzatildi, bunday sovuqning sababi antitsiklondir, u hududga Ğarbiy Sibirning janubiy qismidan kirib keldi. Kunduzi antitsiklon şarqqa qarab siljiydi va Eron hududidan iliq havo kirib kelişi boşlanadi, havo 12-17 daraja iliqqaça kötariladi.
«Özgidromet» xabariga köra, ertaga iliq havoning kirib kelişi kuçayadi, keçasi harorat 0-5 daraja iliqni taşkil etadi, kunduzi harorat 19-22 daraja issiqqaça kötariladi, bu aprel oyi boşidagi örtaça köp yillik qiymatlardan 2-3 darajaga yuqoridir. Respublika böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat şimoliy hududlarning ba'zi joylarida yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Yakşanba kuni nam havo massasi respublikaning barça hududlarini qamrab oladi, yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Ba'zi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 8-13 daraja iliqni taşkil etadi, kunduzi 11-16 daraja iliqdan yuqori bölmaydi. Şimoliy hududlarda keçasi va ertalab yomğir yoğadi, Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti keçqurun bölib ötadi.
5 aprelda Toşkent viloyati va Farğona vodiysida keçasi va kunduzi yomğir yoğişi saqlanib turadi.
4-5 aprelda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida yomğir yoğişi kuçli böladi, buning hisobiga uşbu hududlarda sel kelişi mumkin.
2-4 aprelda Toşkent va Namangan viloyatlarining 1600 metrdan yuqori toğli hududlarida qor köçişi xavfi bor.












