Jizzax viloyatida xalq ta'limi rahbar xodimlarining 45 foizi baholaş sinovidan öta olmagan. Bu haqda xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilişiça, Jizzax viloyatida 29 nafar tuman va şahar xalq ta'limi bölimlari boşqaruv xodimlarining iş faoliyatini baholaş jarayoni amalga oşirilgan. Baholaş natijalariga köra, 13 nafar (44,8 foiz) xodim baholaş jarayonidan öta olmagan. Qolgan 16 nafar rahbarning natijasi ijobiy bölgan.

Qayd etilişiça, baholaş natijalari salbiy bölgan rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi ikki haftadan söng bekor qilinib, ularga mutaxassisligi va malaka darajasiga mos boşqa lavozimlar taklif qilinadi.

Mehnat şartnomasi bekor qilingan bölimlarning böş qolgan boşqaruv lavozimlari böyiça vacancy.argos.uz’ga joylanadi. Mazkur lavozimlarga mos keluvçi fuqarolar talabgor sifatida iştirok etişlari mumkin.

Ma'lum qilinişiça, avvalroq Toşkent va Sirdaryo viloyatida ham baholaş jarayonlari ötkazilgan. Ularda har ikkala viloyat tuman va şahar xalq ta'limi bölimlari boşqaruv xodimlarining 43 foizi sinovlardan öta olmagan.