Qozoğistonda ötgan sutkada 2122ta koronavirus yuqtiriş holati qayd etildi.
Bu pandemiya boşlanganidan buyon sutkalik kasallanişlar böyiça rekord körsatkiç hisoblanadi.
Avvalgi rekord 1 aprel kuni qayd etilgandi – bir sutkada 2077ta holat. Bunga qadar eng köp kasallaniş holati 2020 yilning 9 iyulida yuz bergandi (1962ta).
Mamlakatda jami kasallik yuqtiriş holatlari soni 251 mingdan oşgan.
Avvalroq Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev koronavirus bilan boğliq vaziyat özgarmaydigan bölsa, butun hukumatni almaştirişini aytgandi.












