Boks oqşomining dastlabki jangi Iqboljon Xoldorov (1-0, 1 KO) va Kulva Buşiri (13-6-1, 5 KO) örtasida keçdi. Professional boksdagi debyutini ötkazgan özbekistonlik boksçi tanzaniyalik raqibini 2-raunddayoq nokautga uçratdi.

Şu tariqa Xoldorov prof ringdagi debyutini nokautli ğalabi bilan boşladi.

Ikkinçi jang oğir vaznli boksçilar Sanjar Tursunov (3-0, 1 KO) hamda ukrainalik Ivan Yuxta (3-2-1, 2 KO) örtasida keçib, töliq 6 raund davom etdi. 

Dastlabki raundlar özbekistonlik boksçining yaqqol ustunligida ötdi. Uçinçi raunddan boşlab Yuxta ham faollikni oşirdi. Biroq Tursunov har bir raundda vaziyatni nazorat qila oldi.  

Özbekiston vakili oçkolar hisobiga köra ğalaba qozondi. Bu Sanjar Tursunovning professional boksdagi ketma-ket beşinçi jangidagi 5-ğalabasiga aylandi.

Şundan söng ringga Rio-2016 olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov (3-0, 3 KO) tanzaniyalik Muhsin Kizotaga (11-3, 5 KO) qarşi jang uçun kötarildi. 10 raundga möljallangan jang vakant bölib turgan WBA International kamari uçun ötkazildi.

Birinçi raundda bir marta, ikkinçisida ikki marta raqibini nokdaun holatiga tuşirgan Dösmatov muddatidan oldin ğoliblikni tantana qildi - raund örtasida referi jangni töxtatdi va texnik nokautni qayd etdi.

Bu ğalaba evaziga Hasanboy Dösmatov WBA International kamarini qölga kiritdi. Hasanboy hozirgaça professional boksda ikki marta jang ötkazib, ikkisida ham raqiblarini nokautga uçratgandi.

Törtinçi jangda esa professional boksning oğir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (8-0, 8 KO) latviyalik Kristaps Zutsisga (7-2-2, 7 KO) qarşi ringga kötarildi.

6 raundga möljallangan bu jang ham muddatidan oldin yakunlandi. Birinçi raund Jalolovning ustunligida ötdi. Ikkinçi raund boşida u kuçli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tuşirdi. Jalolov bu vaziyatdan keyin jangni davom ettirişga qaror qilgan latviyalik boksçiga bosimni davom ettirdi va ikkinçi urinişda uni nokautga uçratdi.

Bu esa «Big Uzbek» laqabli Jalolovning professional boksdagi 8-jangi va 8-nokautiga aylandi.

Kunning 5-jangida havaskor boksda jahon va Osiyo çempioni unvonlarini qölga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov (1-0, 1 KO) debyut jangida ringga kötarildi. Unga tanzaniyalik tajribali Taşa Mjuaji (17-8-2, 5 KO) raqiblik qildi. 

Özbekiston vakili jangni işonç bilan boşladi va raqibini ikki bor nokdaun holatiga tuşirdi. Ikkinçi nokdaundan keyin tanzaniyalik boksçi örnidan turmadi va Mirzaxalilov foydasiga texnik nokaut yozildi.

Şundan söng oqşomning asosiy janglari boşlandi. Professional boksning super yarim örta (-69,85 kg) vazn toifasida iştirok etayotgan Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) kongolik tajribali boksçi Emmanuel Kolomboga (14-1, 14 KO) qarşi ringga kötarildi. 10 raundga möljallagan bahs oxirigaça davom etdi.

Dastlabki raundlarda Madrimovning qöli baland keldi. 5-6 raundlarda esa afrikalik sportçi ustunlikni qöliga oldi.

Keyingi ikki raundda tenglik kuzatildi, 8-raund yakunida Madrimovning kuçli zarbasidan keyin Kalombo nokdaun holatiga tuşdi. 9 va 10-raundlar esa özbekistonlik boksçi ustunligida ötdi va jang yakunida hakamlar bir ovozdan Madrimovning ğalabasini qayd etdi.

Bu uning professional boksdagi 7-ğalabasiga aylandi, kongolik «General» laqabli boksçi esa faoliyatida ilk marta mağlubiyatni tan olişga majbur böldi. U şu vaqtgaça professional boksda 14 jang ötkazib, barçasida nokaut bilan ğalaba qozongandi. 

Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) Şahram Ğiyosov (11-0, 9 KO) Patrisio Lopesga (28-5, 20 KO) qarşi anderkard jangida ringga kötarildi. Ön raundga möljallagan bahsning ikkinçi raundi söngida meksikalik sportçi nokdaun holatiga tuşirildi. Uçinçi raundda esa Şahram jigar qismiga berilgan zarba bilan meksikalik raqibini nokautga uçratib, jangni yakunladi.

Bu ğalaba orqali Ğiyosov WBA International kamarini yana bir bor himoya qila oldi. Bu oqşomning 7-jangida 7-ğalaba böldi.

Boks oqşomining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliyev öz kamarlarini himoya qildi. Professional boks böyiça ikkinçi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) majburiy da'vogar, yaponiyalik Ryosuke Ivasaga (27-4, 17 KO) qarşi ringga kötarildi.

12 raund davom etişi belgilangan jangning 5-raundida Murodjon seriyali zarbalari bilan jangni öz foydasiga hal qildi.

U texnik nokaut evaziga ğalaba qozonib, WBA va IBF kamarlarini özida saqlab qoldi.

Şu tariqa, Toşkentda ötgan boks keçasi öz nihoyasiga yetdi. Musobaqada ringga kötarilgan 8 nafar özbekistonlik boksçining barçasi ğalabaga erişdi.

Iqboljon Xoldorov – Kulva Buşiri (Tanzaniya) – nokaut
Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina) – yaqqol ustunlik
Mirazizbek Mirzaxalilov – Taşa Mjuaji (Tanzaniya) – nokaut
Hasanboy Dösmatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya) – nokaut
Bahodir Jalolov – Kristaps Zuits (Latviya) – nokaut
Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo) – yaqqol ustunlik
Şahram Ğiyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika) – nokaut
Murodjon Ahmadaliyev – Ryosuke Ivasa (Yaponiya) – nokaut

Boks oqşomi yakunida boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Özbekiston boks federatsiyasi rahbariyati hamda Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov boksçilarimizni ajoyib ğalabalar bilan qutlaşdi.

Eslatib ötamiz, kuni keça AIBA prezidenti Umar Kremlev Özbekistondagi taşrifi çoğida boks böyiça 2023 yilgi jahon çempionati Toşkentda ötkazilişini e'lon qilgandi.