«Vaksinatsiyaning uçinçi kunida Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida jami 9551 nafar fuqaro emlandi.

Vaksina olganlarning 3441 nafarini 65 yoşdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari taşkil qildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

3 aprel kunidagi emlaş körsatkiçlari böyiça yuqori örinlarni Toşkent şahri (2105 nafar), Namangan viloyati (1189 nafar), Buxoro viloyati (1166 nafar), Andijon viloyati (1083 nafar) va Toşkent viloyati (844 nafar) band qildi.

Eslatib ötamiz, şu yilning 1 aprel kuni  5018 nafar, 2 aprel kuni  9211 nafar fuqaro emlangan edi. Şu tariqa, mamlakatda vaksina qabul qilganlar soni 23 ming 780 kişiga yetdi.

Eslatib ötamiz, hozirda Özbekiston aholisi COVAX dasturi doirasida bepul taqdim etilgan AstraZeneca vaksinasi (660 ming doza) hamda Xitoyda işlab çiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi (1 million doza) bilan emlanmoqda.

COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini Özbekistonga olib keliş rejalaştirilgan.

Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qiliş yuzasidan şartnoma imzolanmoqda. 

Şu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan yana qöşimça AstraZeneca vaksinasini xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.