Andijon va Surxondaryo viloyatlari bojxonaçilari tomonidan salkam 2 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi, deb xabar qilmoqda DBQ axborot xizmati.

Birinçi holatda, Andijon viloyati “Döstlik” çegara bojxona postida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan.

Uşbu post orqali qöşni mamlakatdan Özbekistonga kirib kelgan fuqaro X.R.ning oyoğiga kiyib olgan qora rangli krossovkasi oğirligi hamda tag qismi qalinligi bojxonaçilar e'tiborini tortgan. Şundan söng, uşbu şaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganida, uning oyoq kiyimlari içida 4 dona polietilen paketlarga öralgan, vazni 594,05 grammni taşkil etuvçi “gaşiş” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Surxondaryo viloyatida esa, özidan jonli konteyner sifatida foydalanib, giyohvandlik vositalarini içki a'zolariga yaşirgança olib kirişga bölgan ikkita uriniş foş qilingan. Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi "Ayritom" çegara bojxona postiga piyoda ravişda kirib kelgan qöşni davlat fuqarosi S.A. inson tanasini skanerlovçi “Body scan” qurilmasi kömagida bojxona körigidan ötkazilganida, uning içki a'zolarida şubhali predmetlar borligi aniqlangan.

Şundan söng şifokorlar muolajasi orqali mazkur şaxsning içidan 46 dona silindrsimon polietilen öramlar çiqarib olindi. Mazkur öramlarga sof oğirligi 1,076 kilogrammni taşkil qiluvçi “opiy” giyohvandlik vositasi yaşirilgani ma'lum böldi.  

Bir neça kun ötib uşbu bojxona postida giyohvandlik vositalarini içki a'zolariga yaşirgança olib kirişga uringan boşqa şaxs ham qölga olingan. Qöşni mamlakat fuqarosi A.K. ham şubhali harakatlari sababli kuzatuvga olinib, skaner qurilmasi kömagida közdan keçirildi. Natijada, uşbu şaxsning içida ham 42 dona skotçlangan silindrsimon öramlar borligi foş böldi. Tibbiyot xodimlari iştirokida çiqarib olingan mazkur öramlar tekşirib körilganida esa, uning içida sof oğirligi 252 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.