Joriy yilning 1 avgustiga qadar eski gaz hisoblagiçlarining davriy tekşiruvdan ötkaziş muddati ötgan bölsa-da, hisob-kitoblar hozirda örnatilgan hisoblagiçlar asosida amalga oşiriladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi PQ-4840-sonli qaroriga muvofiq, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş belgilangan. Şu maqsadda 2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning barça hududlarida iste'molçilarga zamonaviy hisoblagiçlarni örnatib, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimi töliq joriy etilişi rejalaştirilgan.
Yuqoridagi qarorga binoan birinçi bosqiçda, ya'ni 2021 yil 1 fevralgaça Toşkent viloyatining Örta Çirçiq, Çinoz, Yuqori Çirçiq, Yangiyöl tumanlari, Buxoro viloyatining Karmana tumani hamda Toşkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganç, Qarşi, Kattaqörğon, Qöqon, Marğilon şaharlarida va boşqa qarzdorlik darajasi yuqori bölgan hududlarda tizimning yölga qöyilişi nazarda tutilgan.
Aytiş joizki, yangi elektron hisoblagiçlar aholi xonadonlariga «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan örnatilib, bu uçun aholidan heç qanday tölov olinmaydi.
Davlat xizmatlari agentligining xabar berişiça, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlariga 1-bosqiçda nazarda tutilmagan hududlardan tabiiy gaz hisoblagiçlarini qiyoslaş böyiça köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
«Davlat xizmatlari agentligi aholining ovoragarçiligiga çek qöyiş va ortiqça pul mablağlari sarflaşining oldini oliş uçun, tabiiy gaz hisoblagiçlarini davriy qiyoslaşdan ötkaziş muddatini 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytiriş taşabbusi bilan çiqdi. Hukumat uşbu aholiga yengillikni qöllab-quvvatladi.
Demak, hurmatli fuqarolar, gaz hisoblagiçlaringizning «standartdan ötkaziş» muddati ötgan bölsa ham, 2021 yil 1 avgustga qadar hisoblagiçni qiyoslaşning keragi yöq», – deyiladi agentlik murojaatida.










