Tadbirkordan gaz uçun asossiz undirilgan tölov qaytarilişi ta’minlandi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi Raqobat qömitasi tomonidan «Burgutqal’a Saodati» fermer xöjaligining murojaati yuzasidan örganişlar ötkazilgan. Örganişlar davomida gaz sarfini hisoblaşda gaz taqsimlaş stansiyasi (GTS)da örnatilgan asosiy hisoblagiç örniga şoxobçadagi ikkinçi hisoblagiçning yuqoriroq körsatkiçlari asos qilib olingani aniqlandi. Natijada gaz hajmi sun’iy ravişda oşirib hisoblangan va gaz uzatiş taşkiloti hisoblagiçi bilan hisob-kitob qilingan hajm örtasida 42 ming 149 kub metr tafovut yuzaga kelgan.

«Qömita mutaxassislari tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida ikkinçi hisoblagiç körsatkiçlari asos qilib olinişi qonunçilik talablariga mos emasligi, hisoblagiçlar örtasidagi tafovutga gaz ta’minoti taşkiloti tomonidan yetarli texnik yoki metrologik asoslar taqdim etilmagani hamda bu holat natijasida tadbirkordan qariyb 96 mln sömdan ortiq mablağ asossiz ortiqça undirilgani aniqlandi. Yuqoridagilarga köra, Qömitaning Maxsus komissiyasi tomonidan «Hududgazta’minot» AJ hamda «Hududgaz Qoraqalpoğiston» gaz ta’minoti filialiga nisbatan iş qözğatildi», deyiladi Raqobat qömitasi xabarida.

Şuningdek, aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş hamda fermer xöjaligidan ortiqça hisoblangan mablağni ixtiyoriy ravişda qayta hisob-kitob qilib qaytariş yuzasidan bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.

«Hududgazta’minot» AJ tomonidan  uşbu qarzdorlik korporativ hisob-kitob tizimi orqali qayta hisoblanib, 96 mln sömdan ortiq mablağ «Burgutqal’a Saodati» fermer xöjaligi foydasiga hal etilişi ta’minlangan.