Yakunlarga köra, törtta startapga “Hududgazta’minot” bilan pilot loyihalarni amalga oşiriş imkoniyati berildi.

Bugungi kunda gaz taʼminoti tizimida xizmat körsatiş sifatini oşiriş, iş jarayonlarini raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça yangi yeçimlarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Şu maqsadda “Hududgazta’minot” AJda Yoşlar işlari agentligi bilan hamkorlikda StartupFest loyihasining Catalyst dasturi taşkil etildi.

Tadbirda yoş startapçilar, dasturçilar va kiberxavfsizlik mutaxassislari iştirok etdi. Iştirokçilarga avvalo kompaniyaning real iş jarayonlari va foydalanilayotgan axborot tizimlari körsatildi.

11

Şundan söng ular tizimdagi mavjud vazifalar bilan tanişib, aniq iş jarayonlari asosida texnologik yeçimlar işlab çiqişga kirişdi.

“Bugun ‘Hududgazta’minot’ aksiyadorlik jamiyatida katta tadbir ötkazyapmiz. Özbekistondagi startapçilar, yaʼni IT sohasidagi yoş mutaxassislarni çaqirganmiz.

Bugun ‘Hududgazta’minot’ tomonidan raqamlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan jarayonlarni körsatamiz. Işlatayotgan tizimlarimizni körsatamiz, undagi kamçiliklarni aniqlaş, rivojlantiriş mumkin bölgan joylarda yoşlarimizning fikrlarini olib, uni hayotga tatbiq qilmoqçimiz. Öylaymanki, bu özining yaxşi natijalarini beradi”, - dedi “Hududgazta’minot” AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari Davron Maqsudov.

Uning taʼkidlaşiça, avval ham yoşlar tomonidan gaz taʼminoti tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanişga qaratilgan turli ğoyalar bildirilgan.

12

“Bu asosan hozirgi vaqtda juda muhim hisoblangan big data, sunʼiy intellekt bilan boğliq ğoyalar. Yaʼni bizdagi axborot bazasidan foydalanib, u yerdagi maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qiliş va yaxşi yeçimlarni berişga olib keladigan ğoyalar bölgan. Kelgusida bu yangi modullar, yangi platformalarga aylanişi mumkin”, - dedi Davron Maqsudov.

Dastur davomida iştirokçilar bir neçta yönalişda işladi. Jumladan, isteʼmolçilar murojaatlari bilan işlaşda sunʼiy intellektdan foydalaniş, gaz yöqotişlarini aniqlaş, xodimlar faoliyatini nazorat qiliş va logistika jarayonlarini takomillaştiriş böyiça loyihalar tayyorlandi.