Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga Farğona tumani, "Mindonobod" MFY, Yangi asr köçasi 199-uyda yaşovçi fuqaro M.F. murojaat qiladi.

Agentligining Farğona viloyati hududiy tuzilmasi axborot xizmati xodimi Axadjon Möydinovning Kun.uz'ga xabar berişiça, murojaatda fuqaro 2019 yilda “V.A.Q” MÇJ tomonidan Farğona şahridagi Oybek köçasida qurilayotgan 16 G-uyning 3-xonadonini 2020 yil mart oyida töliq bitkazib beriş şarti bilan sotib oliş uçun şartnoma imzolaydi va şartnomaga asosan 10000 AQŞ dollari va 7 000 000 söm miqdorida tölovlarni amalga oşirganligini, lekin oradan 1 yil ötsada, pudratçi tomonidan mazkur uy bitkazib berilmayotganligini bildiradi. 

Şundan söng, fuqaro M.F. MÇJdan xonadon uçun tölangan pullarni qaytarib berişni talab qiladi. Biroq fuqaroning talabi qondirilmaydi.

Fuqaroning uşbu murojaati Agentlikning Farğona viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan örganib çiqiladi va fuqaroning talabi böyiça pudratçi taşkilot tomonidan uy uçun dastlabki tölangan 10 000 AQŞ dollari va 7 000 000 söm pullari qaytarib berilgan.