Navoiy viloyatida «Öztemiryölqurilişmontaj» korxonasida rahbar lavozimlaridan birida işlovçi şaxs öz xodimlarining jinoyatiga çora körmaslik uçun IIB xodimiga pora bermoqçi bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, Navoiy viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlaş bölimi profilaktika katta inspektori katta leytenant F.J.Azimov vazifasidan kelib çiqqan holda «Özbekiston temir yöllari» AJ «Öztemiryölqurilişmontaj» UK işçisi A.B va boşqa temir yöl xodimlari dizel yonilğisini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazgan.

Şundan söng, mazkur korxona rahbariyatidan özini A.S. deb taniştirgan şaxs qöl ostidagi işçilariga nisbatan töplangan hujjatlarni ijobiy hal qilib beriş, ya'ni dizel yonilğisini talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan çora körmaslik evaziga dastlab taxminan 5 million sömni pora sifatida taqdim qilmoqçi bölgan.

Inspektor mazkur şaxsning qilayotgan xatti-harakatlari qonunga zid ekani, buning uçun jinoiy javobgarlikka tortilişini aytib ogohlantirganiga qaramay, A.S pora taklif qilişda davom etgan.

IIV Öz xavfsizlik boşqarmasi Navoiy viloyat böyiça bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-tadbir davomida A.S. qöl ostidagi xodimlarga çora körmaslik evaziga 2 980 000 söm miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, A.S.ga nisbatan jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov işlari olib borilmoqda.