«Bavariya» - «PSJ»
Çorak finalning eng katta töqnaşuvi, albatta, Germaniya va Fransiya çempionlari örtasidagi öyinlardir. «Real» va «Liverpul» muxlislari xafa bölişmasin-u, bugungi kundagi Yevropa futbolidagi muvozanat aynan şu tomonda. Aynan şu ikki klub ötgan yilgi finalda töp surganining öziyoq, har qanday faktni çetga çiqaradi. Avgust oyida bölib ötgan finalda parijliklarning sobiq futbolçisi Komanning goli nemislarga ğalaba keltirgandi.
Jamoalar öşa finaldan oldin ham YeÇL doirasida köp marta töqnaş kelişgan. Sakkiz uçraşuv va ularning barçasi guruh bosqiçiga töğri kelgan. 1994/95 yilgi mavsumda har ikki öyinda parijliklarning qöli baland kelgan bölsa, 1997, 2000 va 2017 yillardagi olti uçraşuvning barçasida mezbon jamoalar ğolib çiqişgan. Bu jamoalar öşa guruhlarda har safar birinçi va ikkinçi örinlarni band etişgan. Faqat 1997/98 yilgi mavsumda guruhdan faqat bir jamoa keyingi bosqiçga çiqqani uçun «PSJ» guruhda qolib ketgan. Demak, hali biror marta «PSJ» «Bavariya»ni kuraşdan çiqarib yuborib, sovrinsiz qoldirmagan ekan.
Robersiz «Bavariya» qanday öynaydi?
«Bavariya» Robert Levandovskisiz qanday «Bavariya» bölişini tasavvur qiliş muşkul. Hujumçi jamoa uçun eng muvaffaqiyatli hisoblangan oxirgi ikki mavsumda 94 foiz öyinlarda maydonga tuşgan. Eng katta öyinlarda ham, qiyinçilik tuğdirgan oddiy bahslarda ham Robert katta sahnaga çiqqan. Uning jamoadagi örni qat'iy ekanidan «Bavariya» örinbosar hujumçi topişni ham öylamagan yoki öylagan taqdirda ham, saviyali hujumçi faqatgina zaxira varianti bölişga rozi bölmagandir. Ayniqsa, uşbu mavsumda Levandovskining Myuller bilan juftligi «Bavariya» gollarining asosiy qismida iştirok etişgan. Endi tasavvur qiling, mana şu futbolçi «PSJ»ga qarşi bahslarda maydonga tuşa olmaydi. Bu göyoki Messisiz «Barselona»dek gap, hatto Neymar yoki Mbappe Parijda bu qadar ahamiyatli emas. Albatta, bu juftlikning asosiy savoli – «Bavariya» Levandovski örnini qanday töldiradi?
«Leypsig»ga qarşi öyinda hujumda Şupo-Moting harakat qildi. Ammo myunxenliklar «Leypsig» ustidan ğalaba qozongan bölişsa-da, u qadar işonçli körinişmadi.
Parijliklarning yöqotişlari kiçikroq, lekin Poçettino ham darhol işlaydigan, samarali tizim topişga majbur. Koronavirus yuqtirib olgani tufayli Parij klubi taktikasida juda muhim figura bölgan Marko Veratti öynay olmaydi. Poçettino murabbiy sifatida qöl urgan eng muhim qaror – 4-2-3-1 sxemasiga ötiş va Verattiga ança erkin va muhim bölgan «önlik» pozitsiyasini topşiriş bölgandi.
Demak, uçraşuv arafasida har ikki raqib ham nafaqat muhim ijroçilardan mahrum bölişdi, balki, taktik jihatdan odatiy kartinani saqlab qoliş imkoni ham yöq. Ya'ni har ikki murabbiy mavjud uslubdan çetga çiqişi va yangi ğoyalarni muhim pallada futbolçilarga yetkazib bera olişi kerak böladi. Bu şaroitda öyin ötgan yilgi finaldan ança farqli tarzda, biroz tartibsiz, xatolar bilan ötişi mumkin. Bu holda esa, tabiiyki, individual yulduzlar katta sahnaga çiqişadi. Har ikki tomonda ham unday futbolçilar yetarli.
Öyin oldidan
Xans Diter Flik: «Bu safar boşqa öyin. «PSJ»da yangi murabbiy, lekin umuman olganda, ötgan yilgi finalga nisbatan özgarişlar katta emas. Biz töpni nazorat qilişda juda yaxşi öynaşimiz, töp yöqotilganda tezda bosim uyuştirişimiz talab etiladi. Parijliklarning himoyasi juda mustahkam, hujumda esa, ajoyib yulduzlar töp suradi. Demak, darhol pressingga kirişmasak, raqibda töpni oçiq zonalarga yetkaziş imkoniyati tuğiladi. Ötgan yilgi finalda Noyyer ajoyib öyin körsatgandi. Parijliklar buni eslaşadimi, yöqmi, bilmayman, ammo tarkibimizda jahon miqyosdagi yulduz borligi bizga kiçik ustunlik taqdim etadi».
Maurisio Poçettino: «Pley-off formatida heç qaysi jamoani hisobdan çiqarib bölmaydi. Biz Yevropa va jahon çempionlariga qarşi öynaşimizni bilamiz, lekin bu yerga ğalaba uçun keldik. Biz yetarli muvozanatni topib olişimiz, haddan taşqari hayajonlanmasdan, ehtiyotkorlik bilan yondaşişimiz talab etiladi. Köpçilik Neymar va Mbappeni gapirişadi, ammo asosiy tarkibda ön bir futbolçi töp suradi, ularning har biriga işonçim yuqori. Jamoa ötgan yilgi finalda «Bavariya»ga yutqazgan. Gap qasos haqida emas, lekin «Bavariya»dek jamoani mağlubiyatga uçratişga harakat qiliş, rostan ham katta çaqiriq».
Taxminiy tarkiblar
Yuqorida aytilganidek, ikkala jamoada ham muhim figuralar safda emas, şunga asosiy tarkibni taxmin qiliş birmunça qiyinlaşadi. Şupo-Motingni ilk daqiqalarda kutayotganlar bor, ammo u oxirgi öyinda murabbiyni qay darajada qoniqtirdi, aytiş muşkul. «Leypsig»ga qarşi öyinda Gnabri ehtimol aynan şu öyin uçun zaxirada qoldirilgandi va balkim oldingi çiziqdagi Koman, Sane va Şupo-Motingdan birining örnini egallaşi kerak edi. Ammo u ham koronavirus yuqtirib oldi. Karantin muddati kamida ön kunligini e'tiborga olsak, futbolçi har ikki öyinda ham şeriklariga yordam bera olmaydi.
Mehmonlar safida Verattidan taşqari, Kurzava va qöşimça variant sifatida Ikardining örni juda kerak bölardi. Leandro Paredes esa, «Barselona»ga qarşi nimçorak final öyinida hakam tomonidan ogohlantirilgan va diskvalifikatsiya tufayli dastlabki bahsda maydonga tuşmaydi.
Bavariya: Noyyer, Pavar, Zyule, Alaba, Deyvis, Kimmih, Goretska, Sane, Myuller, Koman, Şupo-Moting;
PSJ: Navas, Kerer, Markinos, Kimpembe, Diallo, Geyye, Errera, Di Mariya, Neymar, Mbappe, Kin.
«Portu» - «Çelsi»

2004 yilda Joze Mourino «Portu» bilan Çempionlar Ligasini yutgaç, Abramoviç uni «Çelsi»ga taklif qilgandi. Şu bilan bu ikki jamoa örtasida umumiyliklar köpaydi, Joze bir qator şogirdlarini Londonga olib keldi ham. Uşbu töqnaşuv çorak final juftliklari orasida ança kamtar körinsa-da, intriga va qiziqarlilik borasida aynan çorak final havosini bera olişiga işonçingiz komil bölaversin.
Tomonlar şu paytgaça YeÇLda jami 8 marta töqnaş kelişgan. Ammo asosan guruh bahslarida. Pley-off qur'asi «Çelsi» va «Portu»ni faqat bir marta, 2006/07 yilgi mavsumda röbaru qilgan. Öşanda Portugaliyadagi öyinda 1:1 hisobi qayd etilgan, javob öyinida esa mehmonlar hisobni oçişgan ham edi, ammo ikkinçi bölimda Robben va Ballakning gollari inglizlarni çorak finalga olib çiqqan.
Londondagi barça 4 öyinda «Çelsi» ğalaba qozona olgan. Ammo Portugaliyada, aytiş mumkinki, doim şiddatli kuraş keçgan. Ikki marta mezbonlarning ğalabasi, yuqorida tilga olingan durang va faqat bir marta «Çelsi» safardan ğalaba bilan qaytgan. Umuman, bu öyinlarning birortasida ham yirik hisob qayd etilmagani, 8 öyinning 5tasida ğolib faqat minimal hisobda ğolib bölgani bugungi öyin ham ança şiddatli ötişiga umid beradi.
«Çelsi» uçun taniş, lekin qiyin masala
«Portu» uslub jihatidan Simeonening «Atletiko»siga öxşab ketadigan, juda ziç futbol körsatadigan jamoa. Deyarli böş hudud qoldirişmaydi. Bunday jamoalarga qarşi sabr bilan öynaş talab etiladi», – degandi «Yuventus» boş murabbiyi Andrea Pirlo portugaliyaliklarga qarşi ilk öyindan söng.
Turindagi javob öyinida «Portu» 6 himoyaçi bilan töp surganida, bu öxşaşlik yanada aniq namoyon bölgandi. «Atletiko» ham «Çelsi»ga qarşi ilk öyinda şunga öxşaş sxemada öynagan. Umuman olganda, bu ikki jamoaning umumiy jihatlari köp. Buni hatto öz vaqtida «Portu»dan «Atletiko» ga ötgan Ektor Errera ham aytib ötgandi. Serjiu Konseysau ham futbolçilarga intizomni birinçi planga qöyadi, öyin taşkil qilişda asosiy e'tiborni himoya va töpsiz harakatlanişga qaratadi. «Atletiko»dan farqli ravişda, «Portu»ning, ayniqsa, YeÇL çorak finalida bunga haqqi borligini ham tan oliş lozim. Guruh bosqiçida öta himoyaviy öyindan Pep Gvardiola noliganda, Serjiu öta keskin javob bergan – «menda ham Gvardiolaning budjeti bölib, «Portu»ni yuta olmaganimda, balki men ham qattiq xafa bölardim va şunaqa gaplarni aytişim mumkin edi».
Avvalgi bosqiçda «Atletiko»ni çiqarib yuborgan «Çelsi» uçun balki «Portu» qulay raqibdir, ammo hammasi aslida teskari bölişi mumkin. Birinçidan, «Portu»da bosim kamroq va yuqorida aytilganidek, YeÇLning eng kamtar klubi bölgan jamoaga ortiqça talab ham bölmaydi. Portugaliyaliklar bemalol butun jamoa bölib himoyalanişlari mumkin, bu borada «Mançester Siti» va «Yuventus»ga qarşi samarali öynay olişdi ham.
Ikkinçidan, «Portu» endi «Çelsi»ning ojiz nuqtalarini bilgan holda maydonga tuşadi, axir katta ehtimol, Serjiu bir paytlar «Latsio»da birga töp surgan dösti Diyegodan kerakli maslahatlarni ham olgandir. Aslida köp maslahat ham lozim emas. Avvalgi bosqiçda yangi murabbiy qöl ostida biroz sirli köringan «Çelsi»ning asosiy ustunliklari va kamçiliklari sönggi oylarda körinib ham böldi. Ayniqsa, Angliyadagi sönggi turda yanada kamtarroq «Vest Bromviç» qarşi hujumda «Çelsi»ni qanday jazolaş mumkinligi borasida master-klass körsatdi.
2:5 hisobi londonliklarga şu qadar ta'sir qildiki, aytişlariça, öyindan keyin Aspilikueta va Jyeyms örtasida janjal ham kelib çiqqan. «Çelsi»ga kelganidan söng, ilk marta mağlubiyatga uçragan Tuxel nafaqat özini, balki şogirdlarini ham tinçlantirişi, yangi öyinlarga ruhan tayyorlaşi talab etiladi.
Öyin oldidan
Serjiu Konseysau: «Muxlislar bizni bor kuç bilan qöllab-quvvatlab turganliklarini his qilyapman. Serjiu Oliveyraning yöqligi bizga muammo tuğdiradi, lekin işonamanki, yeçimini topamiz. Tuşunaman, bizni juda murakkab vazifa kutib turibdi. Öyin uçun bir neça reja ham tuzib çiqdik. Albatta, hayotda ham, futbolda ham imkonsiz narsaning özi yöq. «Çelsi» oxirgi öyinni yutqazib qöydi. Bunday holat raqibimizni biroz öziga keltirgan va kuçliroq qilgan bölişi mumkin».
Tomas Tuxel: «Bu – çorak final va tört bölimdan iborat. Har bir pallada öz ustunliklarimizni töğri his qilişimiz va bor e'tiborni qaratişimiz kerak. Terma jamoalar bilan boğliq tanaffus va «Vest Bromviç»ga qarşi öyindan söng, yana öz öyinimizga qaytişimiz şart. «Portu»ni yenga olişimizga işonaman, lekin bu oson bölmasligi ham şubhasiz. Portugaliyaning köp karra çempioni, ança tajribali jamoa. Bu ularga öziga yaraşa ğoliblik mentalitetini ham beradi. Ammo biz ham yetarliça kuçga egamiz va öylaymanki, hamma uşbu muhim öyinga tayyor».
Tarkiblar
Tuxelning sönggi turda autsayder bilan öynagani rotatsiya imkonini berdi va qaysidir ma'noda öşa tarkibga qarab turib, «Portu»ga qarşi öynaydiganlarni topiş mumkin. Masalan, Haverts va Maunt dam olişdi (Meyson Maunt ikkinçi bölimda zaxiradan öyinga qöşildi), katta ehtimol bilan bugun uşbu öyinçilarni kutişimiz mumkin. Şuningdek, hujumda oxirgi öyinlarda işonçni oqlamayotgan Verner örniga Jiru tuşişi kutilmoqda. Asosiy tarkib futbolçilaridan biri Kante esa jarohatini davolaşda davom etayotgani tufayli jamoaga yordam bera olmaydi.
Yana bir asosiy savol, literallar rolida kimlar öynaşi. «Çelsi»da har ikki qanotda ham ikki nafardan nomzod bor va ulardan biri himoyaviy, ikkinçisi hujumkor xarakterga ega. Alonso va Hadson Odoi köproq autsayderlarga qarşi töp surişsa, ehtiyotkor variantlarda Çiluell va Jyeymsga işoniladi.
Tuxel birinçi öyinga qay tarzda yondaşadi? Öyinning safarda ekanidan kelib çiqib, ehtiyot böladimi yoki aksinça, köproq gol urib, javob öyiniga qulayroq hisob haqida öylaydimi? Albatta, har ikki qanotda ham birdek hujumkorlikni tanlamasa kerak.
Bundan taşqari, Ryudigerning maşğulotlar çoğida Kepa bilan janjallaşib ketgani va Tuxel tomonidan jazoga tortilgani haqida xabarlar çiqdi. Futbolçi keyin uzr ham söradi. Kurt Zumaning «Vest Bromviç» bilan juda yomon öyin körsatganini inobatga olsak, katta ehtimol bilan Ryudiger keçiriladi.
Mezbonlar tarkibida «Yuventus»ga qarşi öyin qahramoni Serjiu Oliveyraning yöqligi maydon markazida katta yöqotiş bölişini murabbiy ham aytib ötdi. Uning örnini Gruiç töldirsa kerak. Şuningdek, Turindagi öyinda hisobni oçgan (u Portugaliyadagi birinçi öyinda ham gol urgandi) Torimiy ikkinçi bölimda ikki daqiqada ikki marta sariq kartoçka olib, diskvalifikatsiyaga uçragani uçun bugun maydonga tuşa olmaydi.
Taxminiy tarkiblar:
Portu: Marçesin, Manafa, Mbemba, Pepe, Sanusi, Uribe, Gruiç, Korona, Otavio, Marega, Dias;
Çelsi: Mendi, Aspilikueta, Silva, Ryudiger, Alonso, Jyeyms, Jorjino, Kovaçiç, Maunt, Haverts, Jiru.













