«Tadbirkorni qöllab-quvvatlamagan rahbarning kabinetga kirişga haqqi yöq. Ötgan oğir yilni ötkazişda tadbirkorlarning örni katta böldi.
Ötgan yilda kiçik biznes sub'yektlariga jami 120 trillion sömlik kredit va moliyaviy yordamlar ajratildi. Şundan, 86 trillion sömlik kredit ajratildi, 21 trillion sömlik kredit tölovi keçiktirildi, 12 trillion sömlik subsidiya va soliq imtiyozlari berildi.
Natijada, pandemiyadan zarar körgan 104 mingdan ortiq korxonalar faoliyati tiklanib, xususiy korxonalar pul aylanmasi ötgan yilga nisbatan 33 foizga ösdi.
Elektr energiyaning ulgurji iste'moli ötgan yil 1-çoragiga nisbatan 7 foizga (900 million kilovattga köp), birjadagi savdolar 46 foizga oşgani (15 trillion söm) ham, tadbirkorlik ança faollaşganini körsatadi.
Şuningdek, joriy yil birinçi çoragida 27 mingta yangi tadbirkorlik sub'yektlari taşkil etildi. Lekin yaxşiroq işlaganimizda bu körsatkiç 50 ming bölardi», degan davlat rahbari.
Yiğilişda Markaziy bank, uning hududiy boşqarmalari va tijorat banklari faoliyati ham talab darajasida emasligi ta'kidlab ötildi.
«Bundan taşqari, Markaziy bank, uning hududiy boşqarmalari va tijorat banklari faoliyati ham talab darajasida emas.
Şu sababli, Markaziy bank raisining birinçi örinbosari Zohidovga hayfsan beriladi. Agar 2 oy içida iş uslubida özgariş bölmasa, mahallagaça tuşib işlamasa, taşabbus körsatmasa, uni ham işdan olaman», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, Markaziy bankning Qaşqadaryo viloyati böyiça boş boşqarmasi rahbari Rajabov hamda Navoiy viloyati böyiça boş boşqarma rahbari Saidov işdan olingan.
Eslatib ötamiz, 2017 yil avgustidan Markaziy bank raisi örinbosari bölgan Botir Zohidov 2020 yil martida MB raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.












