“Kinematografiya sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uçun munosib şaroit yaratiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Kinematografiya agentligi huzurida:

a) quyidagilar taşkil etildi:

Kinematografiya akademiyasi oliy ta'lim muassasasi;

“Respublika kinofondi” DUK negizida budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan “Özbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi;

“Özbekfilm” DUK negizida xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratiş böyiça xizmat körsatuvçi “Özbekfilm” kinokonserni” DUK;

agentlikning viloyatlar va Toşkent şahar hududiy bölimlari;

b) quyidagilar tugatildi:

“Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK;

“Respublika kinoprokat markazi” DUK va uning hududiy filiallari;

“Kinematografçilar uyi” DUK;

“Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi” DUK;

v) “Yoşlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK “Yoşlik” kinostudiyasi” DUK etib qayta nomlandi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda agentlik markaziy apparati va uning tizim taşkilotlari rahbar va xodimlarini ularning bilim va salohiyatlari bugungi kun talablari va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlaş maqsadida attestatsiyadan ötkazadi hamda ularni malakali kadrlar bilan töldiriş çoralarini köradi.

Belgilab qöyilişiça:

  • moliyalaştiriş manbaidan qat'i nazar, mahalliy kinokompaniyalar tomonidan işlab çiqarilgan filmlar va ularning boşlanğiç materiallari, şuningdek, respublikada amalga oşirilayotgan yirik loyihalar böyiça tayyorlangan video va foto materiallar saqlaş uçun bir nusxada Özbekiston milliy kinofondiga topşiriladi;
  • qarorga muvofiq tugatilayotgan unitar korxonalarning qoldiq mablağlari, ularga tegişli bino (inşoot)lar va moddiy-texnika bazasi agentlik va uning hududiy bölimlari hisobiga ötkaziladi.