Muzokaralar çoğida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika hamkorligining joriy masalalari muhokama etildi.
Özbekiston va Qozoğiston çegara hududlarida “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini taşkil etiş loyihasining ahamiyati qayd etildi. Muloqot çoğida tomonlar uşbu loyiha amalga oşirilişi ikki mamlakat örtasidagi transport-logistika siyosati borasidagi munosabatlarni samarali rivojlantirişga hamda Özbekiston va Qozoğiston işlab çiqariş mahsulotlarini istiqbolli bozorlarga yetkazib beriş vaqti va moliyaviy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirişga imkon berişini ta'kidladi.
Tomonlar fikriça, markazning taşkil etilişi hududlararo sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga özaro investitsiyalarni jalb etiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratadi.
Yaqin kelajakda loyihaning amaliy ijrosini boşlaşga niyat bildirib, tomonlar bir qator dolzarb masalalarni körib çiqdi va ular yuzasidan özaro maqbul yeçimlarni işlab çiqdi.
Muzokaralar yakunida iştirokçilar ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal ösişini ta'minlaş böyiça işlarni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.












