«7 aprel kuni Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 15250 nafar kişi COVID-19ga qarşi emlandi. Bu vaksinatsiyaning ilk haftasidagi eng yuqori natija böldi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Şu tariqa, ayni kungaça koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 64 852 nafarga yetdi.
7 aprel kunidagi emlaş körsatkiçlari böyiça yuqori örinlarni:
- Namangan viloyati (2521 nafar),
- Samarqand viloyati (1732 nafar),
- Toşkent viloyati (1539 nafar),
- Andijon viloyati (1529 nafar),
- Toşkent şahri (1394 nafar),
- Qaşqadaryo viloyati (1381 nafar)
- Jizzax viloyati (1061 nafar)
- Qoraqalpoğiston Respublikasi (1030 nafar) band qildi.
«Yana bir e'tiborli jihati şuki, poytaxtimizda koronavirusga qarşi emlangan aholi hududlar orasida birinçi bölib 10 ming nafardan oşdi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, hozirda Özbekiston aholisi COVAX dasturi doirasida bepul taqdim etilgan AstraZeneca vaksinasi (660 ming doza) hamda Xitoyda işlab çiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi (1 million doza) bilan emlanmoqda.
COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini Özbekistonga olib keliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qiliş yuzasidan şartnoma imzolanmoqda.
Şu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan yana qöşimça AstraZeneca vaksinasini xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.













