Kun.uz muborak Ramazon oyi munosabati taşkil etib kelayotgan turkum suhbatlarning navbatdagisida moliyaviy ibodatlar haqida söz boradi. Bu mavzuda ma'lumot oliş uçun «Islomobod» jome masjidi imom-xatibi Abdulloh domla Yöldoşevga murojaat qildik.

Zakot – islom farzlaridan biri

Zakot – Islomdagi beş ustunning biri. Zakot ommaviy qilinadigan ibodat emas, u faqatgina moli ma'lum nisobga, me'yorga yetgan kişi uçun farz böladi.

Bu yil mablaği 22 mln sömdan oşgan kişilar molining 40dan bir qismini zakot qilib berişi kerakligi xususida muftiy hazratlarining fatvolari çiqarildi.

Zakot Ramazon oyida berilişi kerak degan körsatma mavjud emas. Nega nisobga yetgan molimizning qirqdan bir qismini kambağallarga, miskinlarga, yetim va ehtiyojmandlarga aynan Ramazon oyida beramiz? Çunki boşqa oylarda qilingan savob uçun bitta ajr olinsa, Ramazoni şarifda ado etilgan zakot, namoz, röza va sadaqamizga 700 barobargaça ajrni ziyod qilib beriş xuşxabari muborak hadisi şariflarda keltirilgan.

Şuning uçun butun dunyo musulmonlari Alloh taolo huzurida yanada köproq savobga erişaylik, degan maqsadda zakotni Ramazon oyida beradilar, ulamolar ham şunga tavsiya qilişgan.

«Islomobod» jome masjidi imom-xatibi
Abdulloh Yöldoşev

Fitr sadaqasi

Bir oy mobaynida Ramazon rözasini tutgan rözador kamçilikka, nuqsonga yöl qöyişi mumkin, çunki gunohkor bandamiz. Qilgan xatomizga istiğfor keltiramiz, lekin ana şuning ijobatini söraş uçun sadaqa beriladi.

Ramazon oyida tutgan rözalarning kafforoti, yöl qöyilgan kamçiliklarni yopsin, degan maqsadda beriladigan sadaqa – fitrdir.

Ramazon oyida fitr sadaqasini beriş vojib böladi.

Bu yil 2 kilo buğdoyning qiymati, ya'ni 8 ming söm – bir kişi uçun fitr sadaqasi me'yori qilib ulamolar kengaşi tomonidan belgilandi.

Faqatgina bu bilan çeklanib qolinmaydi. Xalq orasida öziga töq kişilar bor, ular bir kişiga 8 ming söm beriş juda kam mablağ deb bilsalar, 2 kilo xurmo, 2 kilo mayiz qiymatidan kelib çiqqan holda fitr sadaqasini berişlari mumkin. Bir kilo mayizning narxi 100 ming söm deb oladigan bölsak, fitr sadaqasi 200 ming söm deb belgilanib, ehtiyojmandlarga berilişi mumkin. Bu – bir oilaning bir neça kunlik ehtiyojiga yaraydi. Fitr beruvçining ham sadaqasi bajo böladi, ham rözalariga kafforat böladi, ham bir oilaning hojatini ado etib, savobga erişadi.