Dohaga amaliy taşrif bilan kelgan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya 2021 yilning 10 aprel kuni Qatardagi «Tolibon» harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Oxund bilan uçraşdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uçraşuv davomida Afğonistonda barqaror va uzoq muddatli tinçlik örnatiş maqsadida tinç siyosiy jarayonni ilgari suriş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar Afğoniston muammolariga doimiy e'tibor qaratayotgani uçun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bundan taşqari, «Tolibon» harakati rahbariyati vakili Özbekistonning Afğonistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş böyiça taşabbuslarini mamnuniyat bilan qöllab-quvvatladi.

U, ayniqsa, Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afğonistonning iqtisodiy rivojlanişiga, balki mamlakatda tölaqonli tinç siyosiy jarayonni boşlaş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga xizmat qilişini ta'kidladi. Şu örinda Afğoniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida «işonç va hamkorlik köprigi»ga aylanişi mumkinligi bildirildi.

Şuningdek, Dohada Abdulaziz Komilov Qatar davlatining Afğoniston böyiça maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy bilan uçraşdi.

Tomonlar afğonlararo inklyuziv muzokaralarni davom ettiriş orqali Afğonistondagi siyosiy tinçlik jarayonini ilgari suriş böyiça özaro munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, Afğonistonda barqaror tinçlikni örnatişga kömaklaşiş uçun xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini birlaştiriş muhim sanaladi.

Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, şuningdek, Afğonistonda Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan infratuzilma loyihalarining qöşni mamlakat iqtisodiyotini tez sur'atda tiklaşda muhim ahamiyatga egaligini ta'kidladi.