«10 aprel kuni Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 40359 nafar kişi COVID-19ga qarşi emlandi.
Şu tariqa, ayni kungaça mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
10 aprel kunidagi emlaş körsatkiçlari böyiça Farğona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning özida 10 mingdan ortiq kişi (10868 nafar) emlandi.
«E'tiborli jihati şuki, Namangan va Farğona viloyatlarida koronavirusga qarşi emlangan jami aholi 15 ming nafardan oşib, 20 ming nafarga yaqinlaşdi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, hozirda Özbekiston aholisi COVAX dasturi doirasida bepul taqdim etilgan AstraZeneca vaksinasi (660 ming doza) hamda Xitoyda işlab çiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi (1 million doza) bilan emlanmoqda.
COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini Özbekistonga olib keliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qiliş yuzasidan şartnoma imzolanmoqda.
Şu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan yana qöşimça AstraZeneca vaksinasini xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.













