Sektor bölib işlaş haqida
Sektor bölib işlaş haqida fikrim şuki, bu qulay usul. Çunki bunda bir hokim bajaradigan işni tört kişi bajaradi va bu bilan işlarni tezlaştiriş imkoniyati paydo böladi. Deylik, men öz sektorim sifatida şaharda işlasam, içki işlar vakili Pop, Kosonsoy tumanlarida, prokurorimiz Namangan, Töraqörğon tumanlarida, soliqçimiz Uyçi tumanida işçi örinlari yaratiş va boşqa masalalarda iş olib boradi.
Sektorlarning asosiy vazifalari aholi muammolarini bartaraf qiliş, yangi işçi örinlari yaratiş. Bu bilan jinoyatçilikning oldi olinadi, axir bu profilaktika-ku. Içki işlar va prokurorga bevosita taalluqli işlar bu. Işçi örni köpaysa, tadbirkorlik rivojlansa, soliq bazasi ham oşadi, budjetga tuşumlar oşadi, demak, soliqçiga ham bevosita taalluqli. Sektor tizimi juda muhim.
U yerda yotib olişning keragi yöq. Kuniga ikki soat vaqt ajratsa va vaziyatni örganib, menga axborot bersa, men ham xabardor bölaman, muammolar tezroq yeçimini topadi. Ha, bank xodimlari uyma-uy yurişadi, lekin hozir yuriş kerak. Keyin ötiriş uçun hozir yuriş kerak. Yurmasak, közlarimiz bilan körmasak, mana şu taşlandiq joylarning ahvolini bilarmidik? Keldik, kördik, kengaşdik va obodonlaştiryapmiz.
Sudlar haqida
Sud yönalişida islohotlar davom etyapti. Yaqinda alohida farmon bilan sudlarni yagona tizimga ötkaziş masalasi kötarildi. Bunda aholini qiynayotgan muammolar, byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş masalasi turibdi. Sudlarning hisobdorligi ham oşyapti. Xalq deputatlari kengaşlarida ham eşityapmiz. Oldin sudyalarni heç kim körolmasdi ham, gaplaşolmasdi ham, odamlar yillab sudlar eşiklari tagida ötirişardi. Hozir ular ança oçiq, sayyor sudlar ham ötkazilyapti. Albatta, bu butun dunyoda dolzarb mavzu. Amaldorlar ham işi sudga yetib borsa, qoçib qutulolmaydi, avval bunday holatlar uçramasdi. Ayniqsa ma'muriy sudlarda hokimlarni ham keçirib ötirişmayapti. Ularning qarorlarini bekor qilib yuborişyapti sudyalar. Tadbirkor haq bölsa, sud u tomon.
Ongli amaldor sudning işiga aralaşmaydi, ayniqsa işda özi iştirokçi bölsa. Sud Özbekiston Respublikasi nomidan gapiradigan instansiya. Muammolar bor, buning sabablaridan biri iş hajmining köpligidan ham. Asta-sekin tösiqlar yöqotilmoqda, murojaatlar ham 4-5 yil avvalgiga qaraganda 10-20 barobar köpaygan.
Budjet mablağlari nazorati haqida
Budjet mablağlarini nazorat qiliş masalasi juda dolzarb. Hokimning bir özi buni nazorat qilişi qiyin. Buni yuz foiz nazorat qilaman, desam, notöğri gapirgan bölaman. Şu örinda jamoaviy işlaş yuzaga çiqadi. Örinbosarlarni tanlaş, kadrlarni joy-joyiga qöyiş şu örinda körinadi, qöl keladi. Qolaversa, internetdagi izohlarni ham öqib, kerakli ma'lumotlarni olib turamiz.
Futbol haqida
— Futbolga oilaviy qiziqamiz. Özim ham har yakşanba töp tepib turaman. «Navbahor» boş murabbiyi Nö'mon Hasanovning işdan böşatilişi köpçilik nazdida şoşilinç qaror, deyilyapti. Ammo, aytişim kerakki, bu 1-turdan keyingi qaror emas. Bu yiğilib kelgan muammo – jamoada içki muhit borasida muammolar borligi közga taşlanib qolgandi. Bu keyingi öyinlarga ta'sir qilişi mumkin edi va biz tezkor qaror qabul qildik. Viktor Jalilov tajribali murabbiy. U yoşlar bilan işlaşda, strategik fikrlaşda özini yaxşi tomondan körsatgan. Biz özaro suhbatda köp masalalarni gaplaşdik. Öylaymanki, biz töğri qarorga kelganmiz. «Navbahor» öyinlari turdan turga oçilyapti.
Bizning kuçli tomonimiz – muxlislarimiz. Istalgan safar öyinida uydagidek muhit yaratib bera olişadi. Aziz Turğunboyev kabi yetakçi futbolçining sotilişiga boşqa tomondan ham qarab köraylik. Biz uni 2,5 mlrd sömga transfer qildik. Bu «Navbahor» tarixidagi eng yirik transfer. Uning sotilişi orqali boşqa yoş iqtidorlarga yöl oçiladi. Abbos Ğulomov, Şohrux Mahmudhojiyev kabi yoşlarda asosiy tarkibdan örin oliş imkoniyati yuqori böladi. Jamoa yoşlarga tayanib, ularni rivojlantirib, yana sotişi mumkin. Uning hisobiga futbolni biznesga aylantiramiz, biz ham futbolni yangi darajaga olib çiqiş, davlat qaramoğida ötirmaydigan jamoa qiliş niyatidamiz.
Dotatsiyadagi futbol tokaygaça? Futbolni xususiylaştirişga çamasi ikki yil vaqt kerak. Turli taşkilotlardan mablağ olmayapmiz bu yildan boşlab. Futbolga qiziqadigan tadbirkorlar jamoaga yordam berişadi. Klub ta'sisçisi - hokimlik. Budjetdan ham ozgina qöllab-quvvatlamasak bölmaydi. Keyingi yillardan özini özi tortib ketsa kerak. 2,5 mlrd sömlik transferdan yana 3-4ta amalga oşirsak, mana şu maqsadga yetamiz.
Kelişilgan öyinlarda iştirok etgan murabbiymi, futbolçimi yo boşqa xodimmi, ogohlantiriş kerak. Yana bu işni qaytarsa, albatta, ularni futboldan çetlaştiriş, ulardan voz keçiş kerak. VAR tizimi futbolga yordam beradi. Bu tizim kelişilgan öyinlarga, hakamlarning biror jamoaga yon bosişiga barham beryapti. Bundan buyon futbol odamlari huşyor bölişadi.
Töliq video:











