Bu haqda “Maktabgaça ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida ma'lum qilindi.

Qarorga köra, imzolanib, moliyalaştirilmasdan qolgan 241ta davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlarga kredit mablağlari bosqiçma-bosqiç ajratiladi.

Kreditlar 7 yil muddatga va 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.

Loyihalarning amaldagi holati, şu jumladan bajarilgan quriliş işlari hajmi örganib çiqiladi va ularning reytingi şakllantiriladi. Reyting asosida moliyalaştiriş manbalarini körsatgan holda loyihalar röyxati tuziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Şuningdek, qaror bilan prezidentning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, 2021 yil 1 maydan davlat şerigi boquvçisini yöqotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali tölovlarini tegişli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari uçun belgilangan miqdorlarda qoplab beradi.