Aprel oyining oxiri may oyining boşlarida respublikamizga «Sputnik V» vaksinasidan ma'lum miqdorda olib kelinadi. Bu haqda AOKAda bölib ötgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Botir Qurbonov ma'lum qildi.

«Ayni paytda respublikamizda olib borilayotgan emlaş jarayonlarida AstraZeneca hamda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan foydalanilmoqda. Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasidan «Sputnik V» vaksinasi xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

«Sputnik V» vaksinasidan ham aprel oyining oxiri yoki may oyining boşida ma'lum miqdorda olib kelinişi va mamlakatimiz aholisini 3ta vaksina bilan ham emlaşni boşlaş közda tutilgan», dedi Botir Qurbonov.

U tibbiyot sohasi, uning rivoji uçun, şifokorlar uçun ajratilayotgan mablağlar, koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşga ajratilgan mablağlar hukumat va prezident tomonidan töliq nazoratga olinganini ta'kidlab ötdi.

«Bu maqsadda 3 trillion söm ajratilgan, har bir şifoxonada şifo va zaxira örinlari taşkil qilingan. Hozirda ham koronavirusga çalingan har bir bemorning davolanişi uçun 32 million söm, oğir ahvoldagi bemor davolanişi uçun 64 million söm sarflanadi.

Şuningdek, bugungi kunda yurtimizda koronavirus bemorlari uçun 3 oylik dori vositalari, şaxsiy himoya vositalari, zararsizlantiruvçi vositalar zaxirasi yaratilgan. Favqulodda holatlar uçun zaxira kadrlar ham maxsus tayyorgarlik asosida şay holatda turibdi», dedi u.

Eslatib ötamiz, 10 aprel holatiga Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi.