E'longa köra, uyda 4 xona, kiçik oşxona va qişki boğ mavjud. Kottejning umumiy maydoni 288,5 kvadrat metrni taşkil qiladi va u mebel jihozlarisiz ijaraga beriladi. Ijaraçilar uydagi tennis korti va suv havzasidan foydalanişlari mumkin. Uyning ijara haqi haftasiga 981 funt sterlingni (oyiga 4,25 ming funt sterling) taşkil qiladi.
Ma'lumotlarga köra, Jonson uşbu uyni 2003 yilda 690 ming funt sterlingga sotib olgan. Hozirda uning narxi 1,2 mln funt sterlingga baholanadi.
Britaniya boş vaziri va uning qalliği Kerri Saymonds Dauning-stritdagi qarorgohda yaşab kelişadi. Ta'kidlanişiça, boş vazir oilasi xavfsizlik nuqtayi nazaridan Oksfordşirdagi uyda yaşay olmaydi, şahardan taşqaridagi qarorgoh sifatida esa Britaniya boş vazirlarining rasmiy şahar çekkasidagi qarorgohi – Çekersdan foydalanişi mumkin.












