Koronavirus yuqtirganlar soni judayam köp, intensiv terapiya bölimlari yana tölmoqda, dedi Germaniya kansleri Angela Merkel.

 «Aytiş kerakki, uçinçi tölqin biz uçun eng oğiri bölmoqda», — dedi u Hannoverdagi xalqaro sanoat körgazmasi oçilişida.

 Merkelning sözlariga köra, emlaş «pandemiyaga qarşi eng kuçli qurol» bölib qolmoqda.

 Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni mart boşlarida ösa boşladi. Agar dastlab sutkasiga 5 mingdan 11,3 ming nafargaça holat qayd etilgan bölsa, 7 aprelga kelib bu körsatkiç sutkasiga 30,3 mingtaga yetdi.

 Pandemiya boşlanganidan beri mamlakatda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 3 milliondan ortiq holat qayd etildi, 78,5 mingdan ortiq kişi vafot etdi.

 Yevrokomissiya 19 mart kuni Yevropada koronavirusning uçinçi tölqini boşlanganini e'lon qilgandi.