10 aprel kuni Xatirçi, 11 aprel kuni esa Navbahor tumanida sodir bölgan ayançli avtohalokatlar oqibatida 2 kişi voqea joyida, 2 kişi şifoxonada hayotdan köz yumdi.
Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Farruh Yakubovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, fuqaro Z.H. 11 aprel kuni öziga tegişli bölgan «Nexia-3» avtomaşinasida Nurota tumanidan qaytayotgan bölgan. Soat 18:20 larda Navbahor tumani hududidan ötgan 4R-57 avtomobil yölining 22-23 kilometrlari oraliğida u boşqaruvni yöqotgan va maşina yöldan çiqib ketib, ağdarilgan.
Oqibatda haydovçi Z.H. hamda yölovçisi J.R. oğir tan jarohati olib voqea joyida, yana bir yölovçi U.B. esa Navbahor tumani tibbiyot birlaşmasida vafot etgan.
Şuningdek, 10 aprel kuni soat 20:30 larda Xatirçi tumanida ham oqibati ölim bilan tugagan avtohalokat sodir bölgan. Fuqaro F.Z. «Nexia-3» maşinasini tuman hududidan ötuvçi 4R-48 avtomobil yölida boşqarib borayotib, yöl çetida velosipedda harakatlanib ketayotgan S.F.ni urib yuborgan. Oğir tan jarohati olgan velosipedçi tuman markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Avvalroq Navbahor tumanida mast piyoda avtohalokat qurboniga aylangandi.











