Joriy yilning 1 yanvaridan savdo va xizmat körsatiş sohasiga onlayn nazorat-kassa maşinalarini bosqiçma-bosqiç tatbiq etiş belgilangan bölsa ham, Navoiy viloyatida ayrim tadbirkorlar tomonidan onlayn nazorat-kassa maşinalaridan foydalanmaslik holatlari uçramoqda.

Navoiy viloyat Davlat soliq boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Nuriddin Rahimovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, hozirda viloyatda 4 632 ta tadbirkorlik sub'yekti onlayn-nazorat kassa maşinalaridan foydalaniş tizimiga ulangan.

Biroq, olib borilayotgan tarğibot tadbirlariga qaramasdan, ayrim tadbirkorlar onlayn nazorat-kassa maşinalaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmayapti yoki uşbu moslamadan umuman foydalanmayapti.  

Jumladan, Navoiy savdo kompleksi va markaziy dehqon bozorida ötkazilgan profilaktik tadbirda ayrim tadbirkorlar onlayn nazorat-kassa maşinasini atayin işlatmasdan, xaridorlarga çek taqdim etmayotgani ma'lum böldi. Örganişlar davomida viloyatda 51 ta şunday holat kuzatilgan.