Adliya vaziri tomonidan «Notariuslar tomonidan amalga oşiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar uçun undiriladigan tölovlarning maksimal miqdorlariga qöşimça kiritiş töğrisida»gi buyruq imzolandi.

Buyruq prezidentning 13.04.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi va 22.10.2020 yildagi «Favqulodda vaziyatlardan jabr körgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilişning qöşimça çoralari töğrisida»gi qarorlariga muvofiq qabul qilingan.

Uşbu buyruq bilan Özbekiston adliya vazirining 2020 yil 29 maydagi 112-mh-son buyruği bilan tasdiqlangan notariuslar tomonidan amalga oşiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar uçun undiriladigan tölovlar maksimal miqdorlari izohi quyidagi mazmundagi törtinçi xatboşi bilan töldirildi:

prezidentning 22.10.2020 yildagi «Favqulodda vaziyatlardan jabr körgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilişning qöşimça çoralari töğrisida»gi qaroriga asosan Özbekiston va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, şu jumladan maişiy tusdagi ofatlar (turar, noturar joy yonğini yoki qulaşi, transport vositasi yonğini) yuz bergani oqibatida jismoniy şaxslarning aybisiz yöqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, hujjatlar köçirma nusxalari hamda reyestrlardan köçirmalar berişda huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar uçun haq undirilmaydi.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuçga kirdi.