Joriy mavsum «Yuventus» uçun yaxşi keçmayapti. Turinliklar A Seriya yetakçisi — «Inter»dan 12 oçko ortda qolib ketişgan. Klubdagilarning barçasi holatdan qoniqiş hosil qilişmayapti: vaqti-vaqti bilan içki ziddiyatlar, Andrea Pirlo boş murabbiylikdan ketişi haqida xabarlar çiqib turibdi.
«Yuventus»da barçaning asabi tarang, şu jumladan, Kriştianu Ronaldu ham. Turinliklar yetakçisi yoşi 36ga çiqqaniga qaramay, Italiya çempionatida 25 gol bilan töpurar bölib turibdi. Ammo hatto u ham ba'zida asablarini jilovlay olmaydi. Masalan, sönggi turda «Jyenoa»ga qarşi öyindan keyin Ronaldu «Yuve» futbolkasini yeçib maydonga otdi.
«Jyenoa»ga qarşi öyindan keyin nima böldi?
«Yuventus» va «Jyenoa» bahsi turinliklarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi. Ronaldu harakat qildi, ammo gol ura olmadi. Öyin yakunlangaç, portugaliyalik futbolçi maydondan çiqib ketayotganida futbolkasini gazonga taşladi.
Bu Kriştianu bilan boğliq şunday holatlarning birinçisimas. Mart oyi oxirida u Portugaliya terma jamoasi öyinidan keyin sardorlik boğiçini yeçib, maydonga otgandi. Öşanda Ronaldu öyinning sönggi daqiqalarida Serbiya terma jamoasiga urgan goli hisobga olinmaganidan aççiqlangan va hakam huştagi yangraşidan oldin maydonni tark etgandi.

Ronaldu nega «Yuve» futbolkasini otdi
Ronaldu «Yuventus»dan ketişi mumkinligi haqidagi miş-mişlar fonida bunday harakatni turinliklar klubiga yaqqol hurmatsizlik sifatida baholaş mumkin. Avvalroq Calciomercato portugaliyalik futbolçi «Yuve»ga juda qimmatga tuşayotgani haqida material e'lon qilgandi. Kriştianuning maoşi nafaqat klubda, balki A Seriyada eng yuqorisidir. Turli manbalarga köra, bu miqdor bonuslar qöşilmaganda 30 mln yevroni taşkil etadi.
Ammo Andrea Pirlo barçani xotirjam qilişga şoşildi. «Jyenoa»ga qarşi öyindan keyin u Ronaldu şunçaki öz öyinidan qoniqiş hosil qilmaganidan şunday qilganini aytdi. «Bu normal holat. U gol urişni juda istadi, qolaversa, jamoa öyini ham istaganimizdek çiqmadi. Ronaldu — haqiqiy çempion, u hamişa jamoaga yordam berişni va öz izini qoldirişni istaydi», — deya qayd etdi Pirlo.
Andrea Pirlo on Cristiano Ronaldo throwing his jersey away:
— Goal (@goal) April 11, 2021
“It’s normal he wanted to score a goal, especially when the game was getting complicated, as he is a champion and always wans to make his mark." 😖 pic.twitter.com/0QF3VWrkFo
Italiyalik jurnalist Romeo Agresti esa holatni boşqaçaroq talqin qildi. Uning sözlariga köra, öyin vaqtida töp uzatib turgan bolboylardan biri Kriştianudan futbolka söragan. Futbolçi esa libosini bolboy tomonga uloqtirgan bölişi mumkin.
Ronaldu özining bu harakati böyiça izoh bermagan.












