Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 iyul kungi selektorda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oşiriş böyiça topşiriqlar berdi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi yillarda oliy darajadagi 52 ta taşrif doirasida 213 milliard dollarlik 1 617 ta investitsiya loyihasi böyiça kelişuvlarga erişilgan. Lekin bu loyihalar ijrosini nazorat qilişda sustkaşliklar kuzatilyapti.
Endilikda “yöl xaritalari” Hisob palatasi va Taşqi işlar vazirligi tomonidan yuritilişi belgilandi.
Boş vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elçilar bilan birga “yöl xaritalari”ni davlatlar kesimida, “loyihabay” muhokama qiliş topşirildi.
Diplomatik vakolatxonalar böyiça reviziya
Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyati böyiça köp e’tirozlar bor, dedi yiğilişda Şavkat Mirziyoyev.
Xususan, Belarusdagi elçi Rahmatulla Nazarov investitsiya va taşqi savdo masalalariga befarqligi uçun lavozimidan ozod etilgan. U uşbu lavozimda 2024 yil fevralidan buyon işlab kelayotgandi.
Şuningdek, Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Ömon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elçilarning faoliyati ham yetarli darajada körinmayapti.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga komissiya tuzib, iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport böyiça diplomatik vakolatxonalarning işini tahlil qiliş, öz vazifasini bajara olmayotganlarni yoş, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan almaştiriş yuzasidan takliflar kiritiş topşirildi.









