Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Saudiya Arabistoni hududiga raketa va dronlar hujumlari munosabati bilan çuqur xavotir bildirdi.
“Tinç aholiga, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarşi kuç işlatiş bilan boğliq, şuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvçi har qanday harakatlarni keskin qoralaymiz.
Xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş tamoyillariga qatʼiy rioya etilişi zarur, deb hisoblaymiz.
Yuzaga kelgan kelişmovçiliklarni bartaraf etiş faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali, muloqot va özaro hurmat asosida amalga oşirilişi lozim.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va mintaqa davlatlarining Yaqin Şarqda keskinlikni yumşatiş, mojaroning yanada kengayişining oldini oliş va barqaror tinçlik örnatişga qaratilgan saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz”, – deyiladi TIV bayonotida.
8-sentabr kuni Yamandagi husiyçilar Saudiya Arabistonining janubiy hududlariga ballistik raketalar va dronlar bilan katta hujumlar uyuştirdi. Abha, Jizon, Najron va Hamis-Muşaytdagi energetika va iqtisodiy obyektlar nişonga olingan.
Hujumlar oqibatida 70 dan ortiq kişi jarohatlangan. Jizondagi neft-gaz obyektlarida yonğinlar çiqqan. Bu – 2022-yildagi Saudiya–husiyçilar sulhidan keyingi eng jiddiy eskalatsiyalardan biri bölmoqda.
Şuningdek, 11–12-sentabr kunlari Saudiya Şarq-Ğarb quvurlar tarmoği – mamlakat şarqidagi neft konlarini Qizil dengizdagi Yanbu porti bilan boğlovçi strategik quvurga bir neçta dron hujumi qilinganini bildirdi.
Saudiya maʼlumotiga köra, dronlar Iroq hududidan uçirilgan. Hujum natijasida odamlar jarohatlangan va quvurga zarar yetgan. Saudiya hozirça javob zarbasi bermasligini, Iroq hukumatiga çora köriş imkonini berişini bildirdi. Bu quvur Hörmuz böğozi atrofidagi vaziyat tufayli Saudiya neftini Qizil dengiz orqali eksport qilişning muhim muqobil yöli bölib qolayotgandi.
Bundan taşqari, hududdagi eskalatsiya Qizil dengiz va Bob-al-Mandab böğozidagi xalqaro kema qatnovi uçun ham xavfni oşirmoqda.













