«Bu – erishsa bo‘ladigan katta maqsad». Moliya vazirligi kapital bozorini qanday rivojlantirmoqchi?
Prezident farmoni bilan 1 maydan e'tiboran Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati tugatilib, uning vakolatlari Moliya vazirligiga berilishi belgilangan.
Moliya vazirligi departamenti direktori Sarvarbek Ahmedov kapital bozorini rivojlantirish borasida bajarilishi belgilangan vazifalarni aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, bu tizimni rivojlantirish murakkab, ammo mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
«Kapital bozorida aksiyalar, ya'ni qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qilinadi. Bu orqali davlatga egalik qilish huquqi sotib olinadi.
Qimmatli qog‘ozlar obligatsiyalar bo‘lib, ular davlatning suveren obligatsiyalari va korporativ (korxonalar) qimmatli qog‘ozlaridan iborat.
Prezident farmoni bilan kapital bozorini rivojlantirish uchun 3 yillik dastur qabul qilindi. Bunda avvalo, huquqiy va texnik infratuzilmani yaxshilash vazifasi qo‘yildi.
Oldimizda turgan asosiy maqsadlardan biri aholining kapital bozoridagi faolligini ta'minlash.
Bunda turli reklamalar, taqdimot materiallari, kapital bozorining professional qatnashuvchilari yordamidan foydalanamiz», dedi u.
Sarvarbek Ahmedov shuningdek, kapital bozorini keyingi uch yillik rivojlantirishga qaratilgan dastur haqida ham ma'lumot berdi.
«Uning maqsadli ko‘rsatkichlaridan biri – kapital bozori kapitallashuvini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga, ya'ni 45 trillion so‘mga chiqarishdan iborat.
Bu – erishsa bo‘ladigan katta maqsad, lekin o‘ziga yarasha mashaqqat talab qiladi», dedi Sarvarbek Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan 2021 yil 1 maydan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, agentlik vakolatlari Moliya vazirligiga berilmoqda.
Shuningdek, «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni ham qabul qilindi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda O‘zbekiston kapital bozori kapitallashuvi mamlakat YaIMga nisbatan 1 foizga teng. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 30–60 foiz, rivojlangan davlatlarda esa 100 foiz va undan ham ortiqni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

20:16 / 03.01.2024
Soliqqa tortilmaydigan daromad turlari ikkitaga ko‘paytirildi

15:50 / 04.09.2023
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta va kapital bozorlari regulyatoriga aylandi

14:42 / 04.09.2023
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankka o‘tkazilmoqda

16:43 / 21.02.2023