Moliya vazirligi tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi
Prezident “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2021 yil 1 maydan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi. Tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining qimmatli qog‘ozlar bozorini, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalar yuklatildi:
- qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- qimmatli qog‘ozlar amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi investorlar hamda qimmatli qog‘ozlar egalari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash;
- qimmatli qog‘ozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- mahalliy kapital bozori rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari to‘g‘risida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilish;
- qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional ishtirokchilar faoliyatini, shuningdek, bukmeykerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, professional ishtirokchilar mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazish va malaka guvohnomalarini berish;
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilash;
- o‘z mablag‘lari yetarli darajada bo‘lishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklovchi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish;
- qimmatli qog‘ozlar bozori holati va uning ishtirokchilari haqida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan ma'lumotlar oshkoraligini ta'minlash orqali jamoatchilikni xabardor qilish;
- kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish.
Tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining jami 110 nafar shtat birligi (shundan, 90 nafar boshqaruv xodimi) hisobidan Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 nafardan (shundan, 16 nafar hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi markaziy apparat xodimlari) iborat Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi.
Bundan oldin, Kun.uz Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilishi haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 14:00
-
AQSh sudi AP'ning Oval kabinetga kirish huquqini tiklashni buyurdi
Jahon | 13:54
-
Tel Avivdagi namoyishlar, Eron va AQShning yadroviy muzokarasi va AQShdan Xitoyga 104 foizli boj - kun dayjesti
Jahon | 13:37
-
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
Iqtisodiyot | 13:00
Mavzuga oid

20:16 / 03.01.2024
Soliqqa tortilmaydigan daromad turlari ikkitaga ko‘paytirildi

15:50 / 04.09.2023
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta va kapital bozorlari regulyatoriga aylandi

14:42 / 04.09.2023
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankka o‘tkazilmoqda

16:43 / 21.02.2023