
Özbekiston kapital bozori kapitallaşuvi mamlakat YaIMga nisbatan 1 foizni taşkil etadi. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov parlamentda taşkil etilgan seminarda ma'lum qilgan.
Nazirovning aytişiça, rivojlanayotgan davlatlarda bu körsatkiç 30-60 foiz atrofida bölib, rivojlangan davlatlarda 100 foiz va undan ham ortiqni taşkil etadi.
«Bularning bari bu sohada izçil islohotlar ötkazilişini taqozo etadi. 2025 yilga qadar erkin muomaladagi qimmatli qoğozlar hajmini mamlakat YaIMga nisbatan 10 foizga yetkaziş közda tutilgan», — deya ma'lumot bergan Nazirov.

Seminarda qudratli moliyaviy tizimni şakllantiriş zarurati haqida aytilgan: bunday tizim iqtisodiyotga mablağ jalb qilişning asosiy manbai sifatida davlatga bölgan bosimni kamaytiriş imkonini beradi.
«Iqtisodiyotning va birinçi navbatda xususiy sektorning barqaror taraqqiyotini ta'minlaş uçun mahalliy moliya bozorining yaxlit tizimini şakllantiriş lozimligi ta'kidlandi. Iqtisodiy ösişni moliyalaştiriş uçun kapitalni safarbar qiliş va uni samarali taqsimlaşga butun moliyaviy bozorni kompleks isloh qiliş va özaro muvofiq tarzda rivojlantiriş orqaligina erişiş mumkinligi körsatildi», — deyiladi parlament axborot xizmati tarqatgan xabarida.

2019 yil yakunlari böyiça Özbekiston yalpi içki mahsulotining (YaIM) ösişi 5,5 foizni taşkil etib, aholi jon boşiga YaIM 1741 dollarga yetgandi.
Ma'lumot uçun, 2020 yilning 1 noyabr holatiga fond birjasining umumiy bozor kapitallaşuvi 52,55 trillion söm yoki 5 milliard AQŞ dollaridan ortiqni taşkil etgan.












