“Kapital bozorini rivojlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga özgartiriladi. Uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka ötkaziladi.
Bundan taşqari:
- 2025 yil 1 yanvardan davlat va korporativ qimmatli qoğozlarning yagona hisobi “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi;
- 2028 yil 31 dekabrgaça “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” AJ, “Özbekiston respublika valuta birjasi” AJ va “Toşkent” respublika fond birjasi” AJ mablağlarni maqsadli ravişda ularni rivojlantirişga yönaltirgan holda dividendlarni hisoblaş va tölaşdan ozod qilinadi.
“Özbekiston respublika valuta birjasi” AJ ta’sisçiligida “Milliy kliring markazi” AJ taşkil etiladi.
Moliyaçi Otabek Bakirov Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining Markaziy bankka ötkazilişiga munosabat bildirarkan, Markaziy bank töğrisidagi qonunga e’tibor qaratdi. Qonunning 6-moddasiga köra, MB banklarning kapitallarida va boşqa yuridik şaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) iştirok etişga haqli emas, bundan valuta birjasining, şuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovçi öz tasarrufidagi taşkilotlarning kapitallarida iştirok etişi mustasno.
“Markaziy bankka bunday vakolat berilişi ikkinçi bosqiçdagi depozitariylar va depozitariylar bozorini umumqabul qilingan tendensiyalar va standartlardan çetlatadi”, – deya yozdi mutaxassis.
Ma’lumot uçun, Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 21 maydagi qarori bilan taşkil etilgan. Uning vazifasi Özbekiston Respublikasi depozitarlik tizimida depo hisobvaraqlari böyiça emissiyaviy qimmatli qoğozlarni saqlaş, qimmatli qoğozlarga bölgan huquqlar hisobini yuritiş va emissiyaviy qimmatli qoğozlar harakatining yagona tizimini ta’minlaşdir.












