Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 avgustdagi 473-sonli «Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyi faoliyatini taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari tasarrufida Surxondaryo viloyatida Termiz şahrida «Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyi 2021 yil 1 sentyabrdan öz faoliyatini boşlaydi.

«Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyida öqiş davomiyligi ikki yil bölib, joriy yilda umumta'lim maktablarida 9-sinfni tamomlayotgan öğil bolalar (Özbekiston Respublikasining fuqarolari) öqişga qabul qilinadi. Öquvçilar yotoqxona, harbiy kiyim boş va oziq-ovqat bilan ta'minlanadi.

Ta'lim yönalişi: 50 foiz öquvçilar aniq fanlar, 50 foiz ijtimoiy-gumanitar fanlardan iborat.

Mazkur litsey bitiruvçilariga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • «Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyini imtiyozli diplom bilan tugatganlarga ta'lim yönalişiga qarab, Özbekiston Respublikasi DXX Akademiyasi yoki Qurolli Kuçlar Akademiyasi Çegara fakultetiga test sinovlarisiz kiriş huquqi beriladi.
  • Özbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalariga öqişga kirişda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ötkaziladigan test sinovlarida özlari töplagan ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boşqa davlat oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişda esa özlari töplagan ballarning 15 foizi miqdorida qöşimça ballar körinişida imtiyoz beriladi.
  • Bundan taşqari, bitiruvçilar «V», «S» toifali haydovçilik guvohnomasiga ega bölişadi.

«Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyida öqişga kiriş istagini bildirgan şaxslar ariza bilan öz yaşaş joylaridagi Mudofaa işlari bölimlariga (masalan, Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida yaşovçi şaxs Paxtaobod tuman Mudofaa işlari bölimiga) joriy yilning 1 may kuniga qadar murojaat qilişi mumkin. Arizada özingiz tanlagan aniq yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar ta'lim yönalişini körsatiş şart.

Nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovlardan muvaffaqiyatli ötganlaridan söng test sinovlariga qöyiladi.

Test sinovlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan örnatilgan tartibda ötkaziladi.

Test topşiriqlari umumiy örta ta'lim fanlarining (5-9 sinflari kesimida) Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuziladi.

Nomzodlar test sinovlarini öz ixtiyorlariga köra uç tilning birida – özbek, qoraqalpoq va rus tillarida topşirişlari mumkin, şuningdek, özlari tanlagan aniq yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar ta'lim yönalişiga topşiradilar.

Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlaşdan muvaffaqiyatli ötgan quyidagi nomzodlar «Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyiga test sinovlarisiz öqişga qabul qilinadi:

  • xalqaro va respublika fan olimpiadalarining ğoliblari – belgilangan qabul kvotasi doirasida;
  • öz xizmat vazifalarini bajariş çoğida halok bölgan yoki jarohatlaniş (şikastlaniş) natijasida nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarning farzandlari – kvotadan taşqari;
  • yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat kömagiga muhtoj bölgan, joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoşlar bilan işlaş böyiça hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda DXX rahbariyatining qarorlari asosida – kvotadan taşqari belgilangan kvotaning 5 foizidan köp bölmagan miqdorda.

Uşbu toifadagi nomzodlar litsey qabul komissiyasi tavsiyasiga asosan kvotadan taşqari öqişga qabul qilinişi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida ötkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining ğoliblariga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan litseyga kiriş uçun ötkazilayotgan test sinovlarida ular töplagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qöşimça ballar körinişida imtiyoz beriladi.

«Mazkur litseyda yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega öqituvçilar tomonidan darslar ötiladi.

Öquvçilar öz qobiliyatlarini namoyon qiliş va rivojlantiriş, öz salohiyatini östiriş maqsadida çuqurlaştirilgan bilim olişlari uçun zarur imkoniyatlar yaratilib, barça fanlar böyiça maşğulotlarni ötkaziş vaqtida öquvçilar kiçik guruhlarga bölib öqitiladi.

E'tiborli jihati şundaki, «Yoş çegaraçilar» harbiy-akademik litseyi barça şaroitlarga ega bölib, öquvçilar uçun öq otiş maşğulotlari, psixologik treninglar, bilimdonlik öyinlari, ekskursiyalar, turli köngiloçar tadbirlar va sport musobaqalari ötkazilib kelinadi», deyiladi DXX Çegara qöşinlari matbuot xizmati xabarida.