Namangan va Farğona viloyatlarida mansabdor şaxslar iştirokidagi korrupsiya holatlari aniqlandi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

Namangan viloyatida Namangan tumani quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boş arxitektori oilaviy korxona rahbaridan 1500 dollar talab qilgan. U turar joy binosining bir qismida qurilgan avtoyuviş şoxobçasi uçun loyiha hujjatlarini rasmiylaştirib berişni hamda undan foydalanişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni va’da qilgan.

1 aprel kuni u 500 dollar olib, qolgan summani berişni tezlaştirişni talab qilgan. Tezkor tadbir davomida mansabdor şaxs öz xizmat xonasida yana 1000 dollar olayotgan vaqtida qölga olindi.

Qayd etilişiça, bundan avval tadbirkor loyiha hujjatlarisiz avtoyuviş şoxobçasi qurgani uçun sud qarori bilan 43,3 mln söm miqdorida jarima tölagan. Şunga qaramay, mansabdor şaxs masalaning qonuniy yeçimini taklif qilmagan, deyiladi xabarda.

Farğona viloyatida Qöştepa tumani kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği örinbosari mahalliy fuqaroni tanişlari orqali Andijon viloyatidagi oliygohlardan birining sirtqi bölimiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 2000 dollar söragan.

U pulni olayotgan vaqtida qölga olindi.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.