Prezidentning tegişli farmonlariga muvofiq, Rustam Mirzayeviç Jörayev Özbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

Şu bilan birga, davlat rahbarining yana bir farmoniga asosan unga general-leytenant maxsus unvoni berildi.

Rustam Jörayev huquqni muhofaza qiluvçi organlar tizimida katta tajribaga ega rahbarlardan biri hisoblanadi. U 1968 yil 26 iyulda Toşkent şahrida tuğilgan. 1986–1988 yillarda harbiy xizmatni ötagan, 1994 yilda Özbekiston Içki işlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1989 yilda jinoyat qidiruv tizimida kiçik tergovçi sifatida boşlagan. Keyinçalik Toşkent şahar Yunusobod tumanida tergovçi va katta tergovçi, IIVning turli tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2008–2012 yillarda Prezident devonida inspektor va boş inspektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, u Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari – Tergov boşqarmasi boşliği, Namangan va Xorazm viloyati içki işlar boşqarmalari boşliği lavozimlarida xizmat qilgan. 2017–2018 yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri, 2018–2020 yillarda içki işlar vaziri örinbosari hamda Toşkent şahar IIBB boşliği bölgan. 2020 yil mart oyida Milliy gvardiya qömondoni etib tayinlangan, 2026 yil yanvar oyida esa içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boşliği lavozimiga ötgan.

Rustam Jörayev mehnat faoliyati davomida «Özbekistonda xizmat körsatgan yurist» faxriy unvoni bilan ham taqdirlangan. U yangi lavozimda mamlakatning davlat xavfsizligini ta’minlaş, milliy xavfsizlikka tahdidlarning oldini oliş va sohadagi tizimli islohotlarni amalga oşirişga mas’ul böladi.

Avvalroq Alişer Usmonov Özbekiston prezidentining davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Alişer Usmonov mazkur lavozimda 2020 yil dekabridan buyon işlab kelayotgandi. U bunga qadar davlat xavfsizlik xizmati raisi örinbosari lavozimida işlagan.