BBC turk xizmati Italiya boş vazirining matbuot xizmatidan Italiya matbuotidagi iddaolar va Erdöğanning javobi yuzasidan bayonot berilişi yoki berilmasligini söradi. Italiya rasmiylaridan biri OAVdagi xabarlarga heç qanday izoh berilmasligini aytdi.

Italiya matbuoti bir haftadan beri davom etib kelayotgan taranglikni diplomatik kanallar orqali yumşatişga harakat qilingani, ammo Dragi «tuzatiş kiritiş» taklifini rad etganini yozdi.

Keça Italiya gazetalarida Erdöğanning Dragiga bergan javobi va Italiya tomonida bir haftadan beri sodir bölayotgan voqealar töğrisida ma'lumotlar berildi. Erdöğanning keçagi sözlari Italiya gazetalarida «Erdöğanning hujumi: Dragi tarbiyasiz» kabi sarlavhalar bilan keng yoritildi.

Italiya matbuoti Dragi ötgan haftaning payşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Erdöğan haqida «diktator» sözini işlatganidan beri Rim sukut saqlaganiga e'tibor qaratdi. Gazetalardagi sahna orti ma'lumotlariga köra, ötgan hafta davomida Italiya diplomatiyasi munosabatlarni tiklaş uçun iş olib borgan, ammo Dragini ortga qaytişga köndira olinmagan.

«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Mario Dragiga keçirim söralmagan taqdirda ham tuzatiş imkoniyatini beriş uçun bir hafta kutdi», deb yozadi La Stampa gazetasi. Gazetaning yozişiça, bu bir hafta mobaynida «Dragi italyan diplomatiyasini uyaltirib, sukut saqladi» va murosaga erişiş böyiça heç qanday qadam taşlanmagaç, Erdöğan javob qaytardi.

La Repubblica gazetasi ham Italiya tomonining bir hafta sukut saqlaganiga e'tibor qaratdi va buni quyidagiça izohladi:

«Rim hozirça sukut saqlaşni tanladi. «Izoh bermaslik» usuli bilan taranglikni yumşatişga umid qilinmoqda».

Sobiq Anqara elçisi «tuzatişni» tavsiya qildi

La Stampa gazetasidagi sahna orti ma'lumotlarga köra, boş vazir Dragining diplomatik maslahatçisi bölib işlagan Italiyaning Anqaradagi sobiq elçisi Luidji Mattiolo Erdöğan «diktator» deb atalgan çiqişning ortidan darhol masalaga aralaşgan.

La Stampa boş vazirlik manbalariga asoslangan xabarida şunday yozadi: «Mattiolo boş vazirga uning bu gapi «jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini tuşuntirdi. Uni (Erdöğanni – tahr.) diktator deb atab bölmaydi, biz buni qandaydir tarzda tuzatişimiz kerak», degan turklarning tabiatini yaxşi bilgan sobiq Anqara elçisi. Ammo uning bu tavsiyasini Dragi «Men heç narsani tuzatmayman» deb rad etgan.

Dragi 8 aprel kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqi rahbarlarining Anqaraga taşrifi paytida sodir bölgan protokol inqirozini baholaş asnosida Erdöğanni «diktator» deb ta'riflagandi.

Erdöğan: Bu – qöpollik, tarbiyasizlikdir

Erdöğan bergan javobida şunday deydi: «Italiya boş vazirining bayonoti ötaketgan odobsizlik, ötaketgan tarbiyasizlikdir. Turkiya-Italiya munosabatlari endi yangi bir bosqiçga kötarilişini umid qilib turgan bir paytimizda Dragi degan odam özining uşbu bayonoti bilan, afsuski, oramizdagi munosabatlarga bolta urdi».

«Axir, sen tayinlangan bir odamsan, saylanmagansan. Toyyib Erdöğanni bunday deb ataşdan oldin öz tarixingdan xabardor bölişing kerak, ammo kördikki, sening xabaring yöq. Biz öz millatimizdan olgan kuçimiz bilan, millatimizning bizga bergan irodasi bilan unga xizmat qiliş yölidan boramiz», deydi Turkiya prezidenti.  

Ma'lumot örnida qayd etiş joiz, Italiyada avvalgi koalitsion hukumat ağdarilgaç, prezident yangi hukumat tuziş vazifasini Yevropa Markaziy bankining sobiq prezidenti Mario Dragiga bergandi. Dragi boş vazirligi davrida – ötgan fevral oyida tuzilgan va qisman texnokratlar va qisman siyosatçilardan taşkil topgan hukumat parlamentdagi partiyalarning aksariyati tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.

Siyosiy yetakçilar Dragini qöllab-quvvatlamoqda

Erdöğanning sözlariga Italiya boş vazirligidan javob bölmagaç, siyosiy partiya rahbarlari Dragini qöllab-quvvatlaşdi.

«Bugun men har qaçongidan ham köproq Dragi, demokratiya, erkinlik va Ğarbning yonidaman», deydi koalitsion hukumatdan örin egallagan Liga partiyasining yetakçisi Matteo Salvini.

«Muxolifatdagi deputatlarni hibsga olgan va kurd qişloqlarini bombardimon qilgan janob Erdöğanning Italiya boş vaziriga odob-axloqdan dars berişni xohlab qolişi juda kulgili», deydi Italiya söl partiyasi yetakçisi Nikola Fratoyanni.

«Dragi faqat haqiqatni aytdi», deydi Tirik Italiya partiyasi deputati va parlament taşqi aloqalar qömitasi a'zosi Gennaro Migliore. 

Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan izohlarda ham Turkiya tarafidan Dragini «tarixidan xabarsiz»likda ayblanişi va «Mussolini» bilan boğliq eslatmalarga munosabat bildirildi. «Uning Dragiga ötmişda bizning diktatorimiz bölganini eslatişi ğalati. Erdöğan, harholda, diktatorimizning taqdiri nima bilan yakun topganini eslamasa kerak», kabi izohlar yozildi.