Senat axborot xizmati xabarida aytilişiça, pandemiya davrida migratsiya jarayonlarini qonunçilik bilan tartibga soliş va unda MDHga a'zo davlatlar parlamentlarining roli majlisda muhokama qilingan asosiy masalalardan biri böldi.

 Rossiya Federatsiya kengaşi raisi Valentina Matviyenko Tanzila Norboyevaning Rossiyaga rasmiy taşrifi davomida Özbekiston tomonining taşabbusi bilan imzolangan ikki mamlakat parlamentlari yuqori palatalari örtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik töğrisidagi memorandum MDH PAning boşqa iştirokçi davlatlari uçun ham yaxşi namuna hisoblanişini ta'kidladi.

Tanzila Norboyeva
Valentina Matviyenko

Parlament a'zolari Assambleya tomonidan tayyorlangan MDH iştirokçi davlatlari uçun Migratsiya kodeksi loyihasini muhokama qildilar.

 Majlisda sözga çiqqan Tanzila Norboyeva MDH PAga a'zo davlatlarni Pandemiya davrida xalqaro ixtiyoriy majburiyatlar kodeksi va BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş va inson huquqlarini ta'minlaşda parlamentlarning rolini oşiriş töğrisidagi rezolyutsiyasini körib çiqiş böyiça işlarda faol iştirok etişga çaqirdi.

 U şuningdek, MDH Yoşlar Parlamentlararo Assambleyasi majlislaridan birini 2022 yilda bölib ötadigan Kengaş majlisi va PA yalpi majlisi doirasida Özbekistonda ötkazişni taklif qildi.

Qayd etilişiça, Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy pandemiya davrida öz fuqarolarini öz Vataniga qaytarişda samarali iş olib borilgani uçun Özbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildirdi.

 Majlis yakunlari böyiça model xususiyatga ega 6 ta hujjat - Migratsiya kodeksi, “Bolalarning soğliqni saqlaşga bölgan huquqlarini ta'minlaş töğrisida”gi, “Psixiatriya yordami va uni körsatişda fuqarolarning huquqlari kafolatlari töğrisida”gi, “Tibbiy yordam körsatişda klinik tavsiyalar töğrisida”gi, “Fuqarolarning huquqiy holati töğrisida axborot oliş haqida”gi, “Mintaqaviy investitsiya loyihalari töğrisida”gi model qonunlar qabul qilindi.