«Southwest Seoul Global Center» markazi mamlakat hududida bölib turgan çet elliklarga huquqiy,  mehnat va oila munosabatlari,  migratsiya masalalarida beğaraz yordam va maslahatlar berişga ixtisoslaşgan taşkilot hisoblanadi.  Markazda xorijiy fuqarolarga bepul tibbiy xizmat körsatiş,  koreys tili öquv kurslarini taşkil etiş,  madaniy taşkilotlarga turli tadbirlarni ötkazişda kömaklaşiş va xorij fuqarolari uçun advokat yordamini taqdim qiliş kabi xizmatlar körsatiladi.  

Jumladan,  markaz rahbari Kim Dong Xun Özbekiston tomoni bilan işlab çiqilgan uşbu memorandum  «Southwest Seoul Global Center» uçun çet elçixonasi bilan imzolangan birinçi kelişuv hisoblanişini alohida ta'kidlab ötdi.  Rahbarning ma'lum qilişiça,  endilikda markazda Özbekiston fuqarolari uçun alohida telefon orqali özbek tilida doimiy maslahat beriş xizmati yölga qöyiladi.  

Uşbu memorandumda belgilangan çora-tadbirlar va yangi imkoniyatlar haqida elçixona ijtimoiy tarmoqlari orqali Koreyadagi yurtdoşlarimizga qöşimça ma'lumotlar beriladi.