Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğistonda YPX xodimi fuqaroni urgani haqida xabar va videolavha tarqaldi. Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Joriy yilning 18 aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qönğirot tumani hududida, dehqon bozori atrofida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Allamberganovning yoniga mast holdagi fuqaro kelib, xodimga nisbatan turli harakatlar bilan xizmat faoliyatiga xalaqit bergan.
“Xodim fuqaroga mast holda ekanligini, yaşaş uyiga borişi zarurligini ta'kidlaşiga qaramasdan, turli sözlar bilan xodimga xalaqit berişda davom etgan.
Şundan söng, YPX xodimi va fuqaro örtasida nizoli holat yuzaga kelgan. YPX xodimi fuqaroni tibbiy körikdan ötişga taklif qilgan va tibbiy körik xulosasiga köra, mastlik holati tasdiqlangan”, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilişiça, YPX xodimi tuman IIB boşliği nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, bölib ötgan holatni batafsil bayon qilgan va tegişli tartibda körib çiqilişini söragan.
Mazkur holat yuzasidan Qönğirot tumani IIB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












