Buxoro şahri Minorai Kalon ansamblida «Solnse na vkus» («Quyoş lazzati») ko-produksiya  filmining s'yomka jarayonlariga start berildi. 

Kinematografiya agentligiga köra, kinokartina xayoliy elementlarga va sarguzaştlarga boy bölgan film bölib, qöşma prodyuserlik formatidagi birinçi özbek loyihalaridan biri hisoblanadi.

S'yomka jarayonlariga Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining 10 nafar talabasi ham biriktirilgan bölib, ular uşbu ko-produksiya loyihasi orqali öz tajribalarini oşirmoqdalar.

Filmning postanovkaçi rejissyori Eldar Salavatov, rassom Yuriy Fomenko, prodyuserlar Eduard va Kristina Gorbenko, rejissyor Tanya Sulyayeva. Filmda rossiyalik aktyorlar bilan birga özbek aktyorlari ham rol ijro qilmoqda. 

Suratga oliş işlari Moskva, Buxoro, Samarqand va Toşkentda bölib ötadi. Premera esa 2021 yilning kuzida ötkazilişi rejalaştirilgan.