Joriy yil I çoragida iste'molçilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanişda qoidabuzarliklar soniga aniqlik kiritildi. “Özenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma'lum qilişiça, bu qoidabuzarliklar orqali yetkazilgan zarar 1 mlrd 825 mln sömni taşkil qilgan.
Iste'molçilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, elektr energiyasidan qoidalarga zid ravişda foydalaniş holatlari hamon köp uçraydi. Bu kabi holatlarni aniqlaş va ularga nisbatan tegişli çoralarni köriş böyiça joylarda örganişlar ötkazildi.
Xususan, 2021 yil I çoragida jami 166ta iste'molçi tomonidan elektr energiyasidan foydalanişda qoidabuzarliklarga yöl qöyib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi.
Uşbu qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tizimga yetkazilgan zarar böyiça jami 1 mlrd 825 mln söm elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilindi. Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan undiriş işlari olib borilmoqda.












