Belgilanişiça, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş maqsadida, 2021 yil 1 iyundan boşlab:
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida öquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoşlarga kompyuter (şu jumladan, Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmagan) xaridlari uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravaridan köp bölmagan miqdorda iste'mol kreditlari ajratiladi. Bunda, iste'mol kreditlari böyiça foiz tölovlari Davlat budjetidan Yoşlar işlari agentligiga ajratilgan mablağlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
“Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning xorijiy tillar va umumta'lim fanlari böyiça nodavlat ta'lim taşkilotlarida öqiş xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravarigaça bölgan miqdori hamda ular böyiça milliy sertifikatlar oliş uçun ötkaziladigan imtihonlarni topşiriş xarajatlari Yoşlar işlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablağlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning haydovçilik kurslarida öqiş xarajatlari bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravari miqdorigaça va safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat budjetidan Yoşlar işlari agentligiga ajratilgan mablağlar hisobidan qoplanadi;
xususiy korxona va taşkilotlarga işga qabul qilingan hamda faoliyat boşlaganiga olti oydan oşmagan “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni qayta tayyorlov kurslarida öqitiş bilan boğliq bölgan xarajatlarning bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravarigaça bölgan qismi mazkur xususiy korxona va taşkilotlarga Davlat budjetidan Yoşlar işlari agentligiga ajratilgan mablağlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.












