Avstraliyalik hajvçi Deyv ÖNil Qantas aviakompaniyasining Melburn şahridan Pert şahriga reysiga çipta bronlaş vaqtida örindiq oldida kengroq joy taqdim qilinişi xizmatidan foydalanib, bu uçun aviakompaniyadan bir milliard dollarlik hisob oldi.

U bu noodatiy hodisa haqida Twitter’da ma'lum qildi.

«Salom, Qantas! Men istagan yagona narsa – bu Pertga reysda oyoqlar uçun biroz kengroq joy edi. Bunga tölovni amalga oşirişdan xursandman, biroq u kutganimdan biroz qimmatroq ekan», deb kinoya qilgan hajvçi va 987 million 999 ming 999 dollarlik summa yozilgan çipta suratini ilova qilgan.

Ba'zi foydalanuvçilar ÖNil körinişiça, çipta bronlaş vaqtida bir neça marta «samolyotni sotib oliş» bandini bosib yuborgan deb hazil-mutoyiba ham qilişgan.

Keyinroq aniqlanişiça, çiptani bronlaş vaqtida tizimda nosozlik yuz bergan. Aviakompaniyada uşbu holat taftiş qilinmoqda.

Qantas vakilining aniqlik kiritişiça, hajvçi foydalanmoqçi bölgan qöşimça xizmat turi narxi aslida 70 Avstraliya dollari turadi.