25-26 arpel kunlari poytaxtda xalqaro yuridik forum ─ Tashkent Law Spring bölib ötdi. “Huquq jadal modernizatsiya davrida” mavzusidagi forumda 37 mamlakatdan mingdan ziyod yuridik soha vakillari iştirok etdi. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” davlat dasturi doirasidagi mazkur forumning ötkazilişidan maqsad jahon yuridik hamjamiyatini Özbekiston qonunçiligi bilan yaqindan taniştiriş, mamlakatdagi islohotlar mohiyatni obektiv tarzda yetkazib berişdir.

 

Huquq sohasida yetti muhim çaqiriq

Forumning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nutq sözladi. U öz nutqida Özbekiston huquq tizimidagi yettita muhim çaqiriq xususida töxtalib ötdi:

“Qonunlar ijrosi.Taraqqiyot strategiyasi doirasida hozirga qadar 90ta qonun, 2000dan ziyod Prezident qaror va farmonlari qabul qilindi. Endi ularni tölaqonli ijro etiş, amaliyotga töğri tatbiq etiş qoldi. Mazkur hujjatlarning real samarasini har bir fuqaro kundalik hayotida his etişi kerak.

Investitsiyalar.Özbekiston rivojlanişi uçun investitsiyalar muhim. Sarmoyadorlar pul kiritişi uçun esa biz qulay investitsion muhit yaratişimiz lozim. Qonunlar barqarorligi ta'minlanişi lozim, investor özini nima kutayotganini bilişi kerak. Moliya-bank, soliq tizimida katta özgarişlar qilinyapti, yerni xususiylaştiriş masalasi körib çiqilyapti. Ertaga bizga investor kelişi uçun biz bugun kerakli şaroitni yaratişimiz lozim.

Mulk huquqi. Mulk huquqini ta'minlaş eng asosiy masalalardan biri. Jamiyatda, davlat organlarida mulk huquqi qadriyat sifatida ta'minlanişi kerak. Mulk huquqi ta'minlanmas ekan, muammolardan xoli böla olmaymiz.

Mehnat qonunçiligi. Investitsiyalar haqida gap ketganda aksariyat iqtisodiy imkoniyatlar haqida öylaydi. Ammo mehnat qonunçiligini ham nazardan qoçirmaslik lozim. Hozirgi “Mehnat kodeksi” sovet ittifoqi konsepsiyasi asosida işlayapti. Unda ijtimoiy yuklama juda köp. Mayli, davlat organlarida bu yuklamani saqlab qolamiz, lekin xususiy sektorda egiluvçanlik prinsipi amal qilişi kerak. Mehnat qonunçiligini liberallaştiriş orqali mehnat bozorini rivojlantiriş, mehnat resurslarining raqobatbardoşligini oşiriş mumkin.