Özbekiston prezidenti yangi tayinlangan elçilarni qabul qildi
|22:04 / 23.04.202114 9538 min
23 aprel kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elçilari tomonidan işonç yorliqlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Bangladeş Xalq Respublikasi elçisi Muhammad Jahongir A'lam, Çexiya Respublikasi elçisi Vatslav Yilek, Misr Arab Respublikasi elçisi Amira Fahmiy, Iordaniya Hoşimiylar podşohligi elçisi Demiya Zuhayr Haddod, Turkiya Respublikasi elçisi Olgan Bekar, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Şarlott Adrian va Rossiya Federatsiyasi elçisi Oleg Malginovdan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.
Tadbir avvalida davlat rahbari yangi tayinlangan elçilarni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi boşlangani bilan samimiy tabrikladi.
Özbekiston xorijiy mamlakatlar va xalqaro tuzilmalar bilan konstruktiv muloqotni yanada rivojlantiriş, özaro manfaatli hamkorlik va amaliy şeriklikni kengaytirişga muhim ahamiyat qaratayotgani ta'kidlandi.
Yurtimizda amalga oşirilayotgan demokratik yangilanişlar, yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan strategik dastur va loyihalarning ustuvor yönalişlari alohida qayd etildi.
Bu borada pandemiya oqibatlarini yengib ötiş va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlaş, aholining barça qatlamlarini manzilli qöllab-quvvatlaş va ularning turmuş darajasini oşiriş, uzoq muddatli ösişning yangi nuqtalarini şakllantiriş va mamlakatimizning global raqobatbardoşligini ta'minlaş masalalari diqqat markazida turibdi.
Taşqi siyosatning asosiy yönalişlari haqida söz yuritar ekan, Özbekiston prezidenti Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va jahonning yetakçi davlatlari bilan strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotganini ta'kidladi.
Bugun birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan savdo, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va “yaşil iqtisodiyot”, transport, tranzit va logistika, moliya, tibbiyot va köplab boşqa sohalardagi hamkorlik kengayib bormoqda.
Şu bilan bir qatorda Özbekiston Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, MDH, ŞHT, Islom hamkorlik taşkiloti, Turkiy kengaş va boşqa nufuzli tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirib, köp tomonlama aloqalarni rivojlantirmoqda, global moliyaviy institutlar bilan şeriklikni kengaytirmoqda.
Davlat rahbari yangi elçilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan keng kölamli va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida töxtalib ötdi.
Mavzuga oid
Bangladeş
Janubiy Osiyodagi muhim hamkorimiz hisoblanadi, döst xalqlarimizni ma'naviy va madaniy qadriyatlar, muqaddas dinimiz azaldan boğlab keladi.
Ikki tomonlama siyosiy maslahatlaşuvlarni muntazam ötkaziş, töqimaçilik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va boşqa sohalardagi kooperatsiyani kuçaytiriş muhim ekani ta'kidlandi. Ikkala mamlakat özaro savdo va sayyohlar oqimini tubdan köpaytiriş uçun barça imkoniyatlarga ega. Şu maqsadda aloqalarni jadallaştiriş hamda qöşma Hukumatlararo komissiya salohiyatini töliq işga soliş zarur.
Çexiya Respublikasi bizning Yevropadagi işonçli va istiqbolli şerigimizdir.
Özbekiston prezidenti keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar jadal sur'atda rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Pandemiyaga qaramay, mamlakatlarimiz örtasidagi tovar ayirboşlaş ötgan yili uç barobar köpayib, 500 million dollardan oşdi.
Yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, avtomobil sanoati, qişloq xöjaligi maşinasozligi, energetika, tibbiyot, ta'lim va turizm kabi sohalarda qöşma loyihalar portfelini şakllantiriş asosiy vazifa etib belgilandi. Bu bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarning sermazmun kun tartibini şakllantirişga xizmat qiladi.
Misr elçisiga murojaat qilar ekan, Özbekiston prezidenti ikki tomonlama munosabatlarimiz sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganini ta'kidladi.
Bunga Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi 2018 yil sentyabr oyida mamlakatimizga amalga oşirgan tarixiy taşrifining samarali natijalari xizmat qildi.
Hamkorlik böyiça işga solinmagan ulkan salohiyatdan samarali foydalaniş, jumladan, hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollaştiriş taklif qilindi.
Qişloq xöjaligi, töqimaçilik sanoati, farmatsevtika, savdo, turizm, ta'lim va boşqa sohalarda aniq loyiha va dasturlarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Ma'rifatli islom ğoyalari va qadriyatlarini çuqur örganiş va tarğib etiş muhim yönalişlardan biri sifatida qayd etildi.
Davlat rahbari Özbekistonning yaqin va işonçli hamkori – Iordaniya bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş muhim ekanini ta'kidladi.
Şeriklikni faollaştiriş uçun zarur huquqiy asoslarni şakllantiriş, savdo, kooperatsiya va işbilarmonlik aloqalarini yölga qöyiş, madaniy-gumanitar almaşinuv dasturini tayyorlaş muhimdir.
Bundan taşqari, BMT, IHT va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar doirasidagi yaqin muloqot va özaro kömak davom ettiriladi.
Özbekiston prezidenti oliy darajada ötkazilayotgan muntazam va samarali muloqotlar tufayli Turkiya bilan strategik şeriklik munosabatlarida erişilgan bugungi darajani yuqori baholadi.
Bugun işonçga asoslangan siyosiy muloqot qaror topdi. Pandemiyaga qaramasdan, delegatsiyalar bilan almaşinuv faol davom etmoqda. Xususan, keyingi oylarda Turkiya taşqi işlar va savdo vazirlari boşçiligidagi delegatsiyalar taşrif bilan mamlakatimizda böldi.
Turkiyaning yetakçi kompaniya va banklari iştirokida yirik savdo, investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oşirilmoqda. Hududlararo muloqotlar yölga qöyildi, ta'lim, madaniyat va kino sohalarida qöşma dastur va tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilmoqda.
Bölajak sammitlarga – Turkiy kengaşning Istanbuldagi navbatdagi yiğilişi va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga rasmiy taşrifiga tayyorgarlik körilmoqda.
Yevropa Ittifoqi an'anaviy ravişda mamlakatimizning muhim strategik şerigi bölib harakat qilmoqda.
Keyingi yillarda Özbekiston va YeI örtasidagi teng huquqlilik, özaro hurmat va işonçga asoslangan köp qirrali hamkorlik yangi sur'at kasb etdi.
Yevropalik hamkorlar tomonidan yurtimizda amalga oşirilayotgan demokratik yangilanişlar, iqtisodiy islohotlar va transformatsiya jarayonlariga körsatilayotgan har tomonlama kömak alohida qayd etildi. Mamlakatimizga YeI Preferensiyalar boş tizimining benefitsiari maqomi berilgani birgalikda erişilgan muvaffaqiyat va ikki tomonlama munosabatlarning muhim yutuği sifatida e'tirof etildi.
Bugungi kunda Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasi yuzasidan faol muzokaralar davom etmoqda. “Özbekiston - Yevroittifoq” va “Markaziy Osiyo - Yevroittifoq” formatlarida samarali muloqot ham rivojlanmoqda.
Oliy darajada ötkazilişi rejalaştirilgan tadbirlar köp qirrali Özbekiston-Yevropa munosabatlarini prinsipial jihatdan yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Prezident Özbekiston bilan Rossiyaning strategik şerikligi va ittifoqçiligi misli körilmagan yuqori darajaga yetganini ta'kidladi.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar va özaro qöllab-quvvatlaş tufayli hamkorlikning barça yönalişlarida jadal rivojlaniş kuzatilmoqda.
Savdo, investitsiyalar, energetika, sanoat, metallurgiya, qişloq xöjaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, turizm va köplab boşqa sohalarda yirik loyiha va dasturlar amalga oşirilmoqda.
Toşkent şahrida yaqinda ötkazilgan “Innoprom” xalqaro körgazmasi Rossiyadan taşqarida ilk bor taşkil etilgan bölib, keng kölamli hamkorlikda ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini yana bir bor namoyiş etdi.
Bundan taşqari, MDH, ŞHT, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi özaro manfaatli muloqot kengayib bormoqda.
Bugungi kunda tomonlar Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Moskvadagi bölajak sammitiga jiddiy tayyorgarlik körayotgani ta'kidlandi. Uşbu uçraşuv ikki tomonlama strategik va ittifoqçilik munosabatlarini rivojlantirişda yangi tarixiy bosqiçni boşlab berişi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari sözining yakunida diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Özbekiston bilan döstlik riştalari va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş yölidagi mas'uliyatli va şarafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
Özbekiston Prezidenti yangi tayinlangan elçilar bilan qisqa suhbatlar ötkazdi.
Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat uçun yaratilgan şaroitlar uçun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantiriş uçun bor kuç-ğayratini safarbar qilişini qayd etdilar.