Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tumani sudida YPX inspektoriga «kalla qöygan» haydovçi işi körib çiqildi.
Sud raisi Habibullo Töxtayevning ma'lum qilişiça, 1993 yilda tuğilgan fuqaro 2020 yil 11 dekabr kuni «Nexia» maşinasini Qörğonça mahallasi hududida boşqarib borib, uşbu yönalişda xizmat vazifasini ötayotgan Navoiy viloyat IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi YPX inspektorlarini körib qoladi.
«GAI»larning xizmat maşinasi u tomonga harakatlanganini körgan haydovçi maşinadan tuşib, köça içkarisiga qoçgan va behosdan yiqilib tuşgan. Uning ortidan yetib kelgan inspektorlar mastlik holatini aniqlaş uçun haydovçini tibbiy körikka taklif qilişadi. Ammo u qonuniy talabni bajarmasdan, inspektor Ş.Jabborovga faol qarşilik körsatib, uning yuziga boşi bilan zarba bergan hamda voqea joyidan yaşiringan.
Sud tomonidan haydovçiga Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan oylik iş haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.
















