Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida toğda dölana tergan şaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Xatirçi tumani ekologiya va iqlim özgarişi bölimi ekopolitsiya xodimlari tomonidan reyd tadbiri ötkazilgan. Unda Angidon mahallasi hududida ikki kişi tegişli ruxsatnomasiz dölana mevalarini yiğib, olib ketayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Ş.S. va Yo.R.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-1-moddasi (ösimlik dunyosi obyektlarini yiğiş, tayyorlaş va ulardan foydalaniş tartibi hamda şartlarini buziş) 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

“Huquqbuzarlardan biriga BHMning 10 baravari, ikkinçisiga esa 7 baravari miqdorida, jami 7 mln 480 ming söm maʼmuriy jarima belgilandi. Şuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 1 mln 3 ming söm etib hisoblandi”, deyiladi xabarda.

Endi dölana tergan “huquqbuzarlar“ qariyb 7,5 mln söm jarima va 1 mln söm tabiatga yetkazilgan zararni tölaşi kerak böladi.

Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga köra, yovvoyi holda ösuvçi ösimliklardan maxsus foydalaniş huquqi elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

Bundan bir neça yil avval Navoiyda ekologlar eçkisi tut bargini yegan şaxsni 2,6 mln sömga “tuşirişgani” eʼtirozlarga sabab bölgandi.