Qirğizistonning Qorasuv tumanida Savay qişloq okrugi aholisi Kampirobod suv ombori yaqinidagi 50 gektar maydonni özbek tomoniga berilişiga qarşi miting ötkazdi.

Miting iştirokçilari rasmiylarning harakatlaridan, yer uçastkalari almaşinuvi töğrisida tuşunarli ma'lumotlar yöqligidan va mahalliy aholi fikri inobatga olinmaganidan noroziligini aytmoqda. Ularning fikriça, yer almaşiş böyiça kelişuv Qirğiziston manfaatlariga putur yetkazadi.

19 aprel kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Toşiyev namoyişçilar bilan uçraşuv ötkazgan. U dastlab kelişuvni mamlakat uçun foydali ekanini aytgan, ammo norozi xalq bunga könmagan. Muzokaralar yakunida Toşiyev özbek tomoni bilan kelişuv şartlarini özgartiriş töğrisida gaplaşişini bildirgan.

«50 gektardan 20 gektarini Özbekiston örab olib böldi. Men ularga butun 50 gektarlik hududni töliq örab olmaslikni, 50 gektarni emas, balki 20 gektarni almaştirişni taklif qilib köraman.

Özbekistonga borib, şu taklifni örtaga taşlayman. Agar bu yerdan 20 gektar yer bersak, demak, boşqa joy – Özgen tumanidan 20 gektar yer olamiz. Faqat hududlar almaşinuvi böladi. [...] Toşkentdagi hamkasblarimizni köndirişga harakat qilamiz», degan Toşiyev.

Uning qöşimça qilişiça, Özbekiston suv ombori xavfsizligini ta'minlaş uçun aynan şu hududdagi yerga da'vo qilmoqda.

Eslatib ötamiz, mart oyida Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Toşkentga kelgan, muzokaralardan söng ikki davlat rahbarlari çegara masalalari böyiça 3 oyda bir töxtamga kelinişini aytgandi.

Şundan söng 26 martda Qirğiziston bahsli hududlar böyiça kelişuvga erişilganini ma'lum qildi. Özbekiston tomoni esa bu hali «işçi guruh kelişuvlari» ekanini bildirdi.

Öşanda Qamçibek Toşiyev tomonlar Kampirobod suv omboridan umumiy foydalaniş yuzasidan ham kelişuvga erişganini aytgandi.

Dastlabki kelişuvga asosan, Kampirobod suv omborining suv zaxiralarini 900 gorizontaldan yuqori bölmagan darajada töldirişni nazarda tutadigan, birgalikda boşqariş töğrisidagi hukumatlararo bitim tuzilişi mumkin.

Qirğiziston öz fuqarolarining uşbu suv ombori suvidan bepul va tösiqsiz foydalanişi, Özbekiston suv ombori havzasi atrofida muhandislik inşootlarini örnatmaslik majburiyatini olişini istayapti.